Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə238/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

17.2. ZAXIRALARNING GURUHLARI 

Neft, yonuvchi gazlar va ulardagi yo’ldosh komponentlar zaxiralari xalq


xo’jaligidagi ahamiyatiga ko’ra alohida hisobga olinishi zarur bo’lib, ular ikki
guruhga ajratiladi: balans va balansdan tashqari zaxiralar. Hozirgi vaqtda ishlatish
iqtisodiy jihatdan javob beraoladigan kon (uyum)lar
balans zaxiralarga
va hozirgi
vaqtda ishlatish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmagan yoki qazib olish
texnik va texnologik jihatdan imkoniyatsiz bo’lgan, kelajakda balans toifasiga
o’tkazilishi mumkin bo’lgan kon (uyum)lar zaxiralari
balansdan tashqari
zaxiralarga
bo’linadi. Uyumlarning turli toifadagi balans va balansdan tashqari zaxiralari
yig’indisi
geologik zaxiralar
turkumiga kiradi.
Neftning balans zaxiralaridagi erigan gaz, kondensat va ular tarkibidagi
komponentlar sanoat ahamiyatiga molik bo’lsa, u holda chiqarib olinadigan zaxiralar
hisobga olinadi va ularning miqdori aniqlanadi.



373
Olinadigan zaxiralar


balans zaxiralarning bir qismi bo’lib, ular yer ostidan
zamonaviy texnika vositalari va ilg’or texnologiyalardan samarali foydalanib,
sarflanadigan mablag’larni hisobga olib, yer qa’rini va atrof muhitni muhofaza qilish
talablariga rioya qilib chiqarib olinadi.
Geologik zaxiralar, 
qazib olish imkoniyati bor-yo’qligidan qat’iy nazar,
uyumdagi foydali qazilmalarning umumiy miqdorini bildiradi.
Neftning balans zaxiralarida neftda erigan gaz, erkin gazdagi kondensat ajratilib
olinadigan zaxiralar, 
ya’ni zamonaviy texnika vositalari va texnologiya yordamida
yer qa’ridan olinishi mumkin bo’lgan zaxiralarning bir qismi hisobga olinadi.
Neft va kondensat chiqarib olish koeffitsientlari «O’zbekneftgaz» MXK da
muhokamadan o’tkazilib tasdiqlanishi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi qoshidagi Davlat Zaxiralar Komissiyasi (DZK) tomonidan texnik-
iqtisodiy hisoblashlar asosida belgilanishi lozim. Olinadigan va geologik zaxiralar
nisbati orqali ham neft chiqarib olish koeffitsientini aniqlash mumkin.
Neft va gaz zaxiralarining amaldagi tasnifiga ko’ra ularning yana quyidagi
turlari mavjud: aniqlangan zaxiralar − A toifa, ularga olishga tayyorlangan (A
1
) va
aniqlangan (A
2
) zaxiralar kiradi; chamalangan zaxiralar − V toifa; ehtimoldagi
zaxiralar − S
1
toifa, sanoat miqyosidagi zaxiralar − A+V+S
1
toifalar va taxminiy
zaxiralar (ularga burg’ilash yordamida tasdiqlangan zaxiralar kiradi), ya’ni istiqbolli
zaxiralar S
2
va bashoratlanayotgan zaxiralar S
3
(geologiyaga oid ilmiy adabiyotlarda
«boyliklar» so’zi «manbalar» termini bilan ataladi), D
1
va D
2
toifalarga bo’linadi.
Xorijda ishlab chiqilgan zaxiralar tasnifida mavjudligi isbotlangan zaxiralar −
chiqarib olishga tayyor zaxiralar bo’lib, quduqlardan olingan ma’lumotlar asosida
(A
1
toifa) hisoblanadi. Aniqlangan zaxiralar (A
2
toifa) haqida esa qo’shimcha
quduqlarni burg’ilash orqali ma’lumotga ega bo’linadi. Isbotlangan zaxiralarga
kichik bir uchastkada hisoblangan yoki sinov o’tkazish orqali aniqlangan ikkilamchi
zaxiralar mansub. AQSh, Kanada va Meksikada isbotlangan zaxiralarga A
1
toifadagi,
boshqa mamlakatlarda esa aniqlangan va chamalangan zaxiralar ham kiritiladi.
Birlamchi zaxiralar qatlamning bosimini saqlab yoki konda qaytadan ishlatish
usullarini qo’llab hisoblanadi. Ikkilamchi zaxiralar yangi uyumlarda qatlamning
bosimini saqlab yoki hozirgi iqtisodiy sharoitda konni ishlatishda ma’lum usullarni
qo’llab aniqlanadi.
Konni ishlatishda CO
2
, siqilgan gaz, qaynoq suv (bug’)ni quduqqa haydash va b.
yordamida hisoblanadigan zaxiralar ham mavjud. Chamalangan zaxiralarga etarli
darajada aniq chegaralanmagan zaxiralar, bo’lishi mumkin bo’lgan zaxiralarga esa
yangi hududlarda va neft-gazliligi taxmin qilinadigan maydonlarda aniqlangan
zaxiralar kiradi. Chamalangan zaxiralar shu kungacha qazilgan quduqlardan olingan
ma’lumotlar asosida hisoblanadi. Bo’lishi mumkin bo’lgan zaxiralar esa 1 mln.
3
(4,2
km
3
) hajmdagi jinslarda ehtimol tutilgan zaxiralar hamda havza yoki hududdagi
jinslar hajmiga to’g’ri keladigan zaxiralar orqali baholanadi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin