Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə240/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

C
2
toifadagi 
zaxiralar maydonning umumiy geologik ma’lumotlari va neft-gazli
qatlamning ayrim joylarida bajarilgan sinov ishlariga asoslanib aniqlanadi.
SHuningdek, yuqori toifaga mansub zaxiralari bo’lgan uchastkalarga ulanib
ketadigan, uyumlarni tekshirilmagan qismida bo’lishi mumkin bo’lgan neft va gaz
zaxiralari hamda o’rganilgan konlardagi uyumlar ustida va oralig’ida joylashgan,
sinash ishlari bajarilmagan qatlamlar zaxiralari geologik va geofizik tadqiqotlar
asosida aniqlanadi. Uyumning shakli va katta-kichikligi, qatlamlarning kollektorlik
xususiyati va qalinligi, neft, gaz, kondensatlarning tarkibi va xususiyatlari umumiy
geologik va geofizik tadqiqotlar natijasida o’rganilgan bo’ladi.
C
3
toifadagi
zaxiralarga chuqur burg’ilashga tayyorlangan istiqbolli neft va gaz
manbalari mansub bo’lib, ular neft-gazli rayon chegarasida joylashgan va shu rayon
uchun belgilangan geologik va geofizik tadqiqotlar metodi yordamida chegaralangan
bo’ladi. Shuningdek, razvedka qilingan konlarda burg’ quduqlari bilan ochilmagan,
lekin mahsuldorligi rayondagi ochilgan boshqa konlarda belgilangan zaxiralar ham
shu toifaga kiradi.
Uyumning shakli, o’lchami va yotish sharoiti geologik va geofizik tadqiqotlar
asosida umumiy tarzda aniqlangan bo’lib, qatlamning qalinligi va kollektorlik
xususiyatlari, neft va gazning tarkibi va xossalari razvedka qilingan konlarnikiga
o’xshash qilib olinadi.
Neft va gazning istiqbolli manbalaridan C
1
va C
2
toifalardagi zaxiralarning
o’sishini ta’minlashda hamda izlov va razvedka ishlarini loyihalashda foydalaniladi.
D
1
toifadagi
zaxiralar litologik-stratigrafik komplekslardagi neft va gazning
bashorat manbalari bo’lib, yirik regional struktura chegarasida neft-gazliligi sanoat
miqyosida isbotlangan bo’ladi. D
1
toifadagi neft va gazlarning bashorat manbalarini
miqdoriy baholash o’rganilayotgan region chegarasida razvedka qilingan konlarnikiga
o’xshash qilib olinadi va bajarilgan regional geologik, geofizik va geokimyoviy
tadqiqotlar natijasiga ko’ra amalga oshiriladi.
D

toifadagi
zaxiralar litologik-stratigrafik komplekslardagi neft va gazning
bashorat manbalari bo’lib, yirik regional strukturalar chegarasida ularning neft-
gazliligi sanoat miqyosida isbotlanmagan bo’ladi. Ushbu komplekslarning neft-gazga
istiqbolliligi geologik, geofizik va geokimyoviy tadqiqotlar ma’lumotlari asosida
bashorat qilinadi. D
2
toifadagi bashorat manbalarning miqdoriy baholash umumiy
geologik tasavvurlar asosida aniqlangan taxminiy parametrlar qiymatiga asoslanadi.
Shuningdek yaxshi o’rganilgan va neft-gaz konlari razvedka qilingan regionlardan
olingan ma’lumotlardan bu toifani tavsiflashda foydalaniladi. Bulardan tashqari
cho’kindi jins havzalarining isbotlangan va taxmin qilinadigan neft-gazliligi
quyidagicha aniqlanishi mumkin: 1) tutqichlardagi, sonini oldindan aniqlash qiyin
bo’lgan mahsuldor va taxmin qilinadigan gorizontlar; 2) burg’ilash yordamida
ochilgan jinslar ichida bor bo’lishi mumkin bo’lgan istiqbolli gorizontlar; 3) burg’
qudug’i yordamida ochilgan, katta chuqurlikda joylashgan va bo’lishi mumkin
bo’lgan mahsuldor gorizontlar.



376
Neft va gaz konlari zaxiralarini boshlang’ich miqdoriga qarab tasniflash


bo’yicha sobiq Ittifoqning Davlat Zaxiralar Komissiyasi yo’riqnomasiga ko’ra
quyidagi tasnif qabul qilingan (1983 y.):
17.1-jadval
Konlar
Olinadigan neft
zaxiralari, mln.t
Gazning balans
zaxiralari, mlrd.m
3
Noyob

300

500
Yirik
30-300
30-500
O’rtacha
10-30
10-30
Kichik

10

10
Konlardan chiqarib olinadigan zaxiralarning eng ko’p miqdori neft uyumlarida
30-50 %, gaz uyumlarida 80-90 % ga etadi.
Geologik tuzilishining murakkabligiga, joylashish sharoitiga, mahsuldor
qatlamning izchilligiga ko’ra (zaxiralar miqdoridan qat’iy nazar) kon (uyum)lar
quyidagi xillarga bo’linadi:
- sodda tuzilgan konlar − tektonik yoriqlar bilan buzilmagan yoki kuchsiz
buzilgan strukturalar; mahsuldor qatlamlar qalinligi va ularning kollektorlik
xususiyatlari maydon va kesim bo’ylab deyarli o’zgarmaydi;
- murakkab tuzilgan konlar − mahsuldor qatlamlar qalinligi va kollektorlik
xususiyatlari maydon va kesim bo’ylab o’zgaruvchan jinslarning qavatlanishi yoki
tektonik buzilishlar kuzatiladi;
- juda murakkab tuzilgan konlar − ularga litologik qatlanishlar yoki tektonik
buzilishlar xos bo’lib, mahsuldor qatlamlarning qalinligi va kollektorlik xususiyatlari
qisqa masofada o’zgaruvchan bo’ladi.
Konlarning geologik tuzilishining murakkablik darajasi zaxiralarning 70 %ni
o’zida jamlagan asosiy uyumlarning tavsifi bilan belgilanadi. Konlarni o’rganishda
yuqori samaradorlikka erishish uchun geologik qidiruv ishlari bosqichlari va
etaplariga qat’iy rioya qilish lozim. Konlarning o’rganilganlik darajasi uni to’liq
o’zlashtirish imkonini ta’minlashi va shu bilan birga atrof muhitni muhofaza qilish
talablariga javob berishi kerak.
Maydonda izlov burg’ilashini loyihalash uchun geologik-geofizik tadqiqotlar
natijasida aniqlangan va chuqur burg’ilashga tayyorlangan strukturalar (tutqichlar)
belgilangan, shuningdek S
3
toifadagi istiqbolli manbalar hisoblangan bo’lishi lozim.
Tutqich maydonida burg’ilanadigan quduqlar izlov ishlari loyihasida
ko’rsatilgan to’r bo’yicha joylashtiriladi. Izlov quduqlari chuqurligi neft-gazga
istiqbolli maydon kesimini burg’ilash texnikasi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda
to’liq o’rganishni ta’minlashi kerak.
Ulkan va yirik neft-gaz konlarini bosqichma-bosqich o’zlashtirishda mufassal
razvedka ishlari birinchi navbatda o’zlashtirilishi belgilangan uyumlarda yoki uning
bir qismida olib boriladi. Razvedka quduqlarining miqdori, joylashish tizimi,
burg’ilash ishlarining ketma-ketligi, mahsuldor qatlamlarning geologik tuzilishi,
ularning qalinligining o’zgarish qonuniyatlari, kollektorlik xususiyatlari, neft, gaz va



377
suv bilan to’yinish xarakteri hamda konning tektonik xususiyatlari to’g’risida


ishonchli ma’lumotlar to’plash imkonini berishi kerak.
Kon(uyum)ni mufassal o’rganish, uning hajmini baholash, zaxiralarini
hisoblashni asoslash va ob’ektni sanoat miqyosida o’zlashtirishga tayyorlash uchun
burg’ilanadigan razvedka quduqlari oralig’idagi masofa uyumning o’lchami va uning
geologik tuzilishini murakkabligiga qarab aniqlanadi. Quyida 17.2-jadvalda neft va
gaz konlarini razvedka qilishda sobiq Ittifoqda qabul qilingan quduqlar oralig’idagi
o’rtacha masofalarning umumlashtirilgan ma’lumotlari berildi. Bu ma’lumotlardan
geologik qidiruv ishlarini loyihalashda foydalanish mumkin. Har bir kon uchun
to’plangan geologik va geofizik ma’lumotlarni tahlil qilish asosida razvedka
quduqlari joylashishining oqilona sistemasi tanlanadi.
17.2-jadval
Konlar
Olinadigan
neft zaxi-
ralari, mln. t
Kon
(uyum)
maydoni,
km
2
Quduqlar oralig’idagi o’rtacha masofa,
km; konlar
Gazning ba-
lans zaxira-
lari, mlrd.
m
3
Mahsuldor
qatlam
qalinligi,
m
sodda
tuzilgan
murakkab
tuzilgan
juda
murakkab
tuzilgan
Ulkan
500
300


15
10
100


10−12
8−10
5−8
Juda yirik
500
100
300
100


15
10
100


4,0 (3,5−4,5) 2,9 (2,7−3,2) 1,8 (1,5−3,0)
Yirik
30−100
12
8
100
25


3,0 (2,7−3,3) 2,1 (1,8−2,5) 1,2 (0,8−1,5)
O’rtacha
10−30
10
5
50
10


2,2 (1,5−2,5) 1,5 (1,2−1,7) 1,0 (0,8−1,3)
Mayda
10 gacha
8
3
25
3


1,5 (1,2−1,7) 1,5 (1,2−1,7) 1,0 (0,5−1,5)
Neft va yonuvchi gazlar zaxiralarini, ularni o’rganilganlik darajasi bo’yicha
toifalarga ajratish shartlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi
Davlat Zaxiralar Komissiyasi yo’riqnomasi bilan aniqlanadi.
Alohida konlar va maydonlar bo’yicha hisoblanadigan neft, yonuvchi gazlar va
ularda uchraydigan yo’ldosh komponentlarning A, B, C
1
va C
2
toifali zaxiralaridan
tashqari, neft-gazli provintsiya, region, zona va hududlarning potentsial
imkoniyatlarini umumiy geologik tasavvurlar asosida baholash uchun bashoratli
zaxiralar (D guruhi) aniqlanadi. Bu zaxiralar «O’zbekneftegaz» MXK da
muhokamadan o’tkaziladi.



378
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat Zaxiralar


Komissiyasiga tasdiqlash uchun neft va gaz zaxiralarini hisoblash bo’yicha taqdim
etiladigan materiallarning mazmuni, ko’rib chiqish va rasmiylashtirish tartibi, neft va
yonuvchi gaz konlarining zaxiralari tasnifini qo’llash maxsus Yo’riqnoma bilan
belgilanadi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin