342
Shunga
ko’ra,
gazkondensat
koni
deganda, qatlamlarda
uglevodorodlarning
gazsimon
holatda
bo’lishi,
bosim
pasayganda esa qisman suyuq fazaga o’tishi
tushuniladi. Bu tipdagi konlar oddiy gaz
konlaridan
shunisi
bilan
farqlanadiki,
ularning gazida
anchagina miqdorda yuqori
molekulyarli
uglevodorodlar
mavjud
bo’ladi.
Bu
uglevodorodlar
qaynash
temperaturasi bo’yicha benzin, kerosin va
hatto
gazoyl
fraksiyalari
bo’lgan
uglevodorodlarga mos keladi, lekin
ular gaz
tarkibiga
kiradi
(teskari
bug’lanish
natijasida).
Teskari
(retogradli)
kondensatsiyalanishni
bundan
60
yil
muqaddam olimlardan Kalete va Kuenenlar
havo va uglekislota
bilan ishlayotganda
aniqlashgan. Uni uglevodorodli aralashmada
birinchi bor Kats va Kurata,
keyinroq esa
Sej va Lesilar o’rganishgan.
Teskari kondensatsiyalanish hodisasini qarab chiqqanda shuni ta’kidlash zarurki,
ayrim kimyoviy birikma yoki elementning yuqori temperaturada bosimni oshirish
yo’li bilan gazsimon holatdan suyuq holatga o’tishi mazkur element yoki kimyoviy
birikmaning kritik temperaturasi deb ataladi. Mazkur birikma yoki elementning kritik
temperaturasiga
mos keladigan bosim uning
kritik bosimi
deyiladi, unga muvofiq
keladigan solishtirma hajm
kritik hajm deyiladi. Har ikki faza
suyuq va gazsimon
fazalar o’z xususiyatlari bilan bir-biriga aynan o’xshab
ketgan nuqta
kritik nuqta
bo’ladi (q. 14.2-rasmda D nuqtasi).
Ko’rsatib o’tilganidek, kondensat tarkibiga propandan og’ir bo’lgan
uglevodorodlar kiradi. Yog’li gazdan olingan kondensat 0,6-0,8 nisbiy zichlikka ega;
uning qaynashining boshlang’ich temperaturasi 18
dan 50
S gacha, yakuniy qaynash
140
dan 340
S gacha; odatda u tiniq yoki neft aralashmasi ta’sirida och-sariq rangda
bo’ladi.
Qazib olinayotgan gazda kondensatning potentsial tarkibiga qarab kam, o’rtacha
va boy gaz aralashmalari farqlanadi (14.1-jadval).
14.1-jadval
Ko’rsatkichlar
Gaz aralashmasi
kam
o’rtacha
boy
Kondensat tarkibi sm
3
/m
3
135
135-270
270
Metan tarkibi, umum. %
90
85-90
85 gacha
Maksimal kondensatsiya bosimi, MPa
7-8
8-10
10
Gazning o’rtacha molekulyar massasi
18-20
20-24
24
Dostları ilə paylaş: