Quduq devorini suratga olish (fotokarotaj) jinslarning litologik tarkibini aniqlash
40
Neft, ko’mir va ruda konlarida hamda gidrogeologik maqsadlar uchun
qazilayotgan quduqlar devorini suratga olish natijasida kollektorlar, suv qatlamlari va
g’ovaklar bo’shlig’i strukturasini aniqlash mumkin bo’ladi.
Fotosuratlarda darzliklar aniq chegaralarga ega bo’lgan yo’l-yo’l chiziq sifatida
ko’rinadi. Chiziqlarning egri-bugriligi stilolitli (qatning oddiy ko’z bilan
ko’rinadigan ustunsimon yoki do’ng joyidagi) choklarga xos; kovaklar,
ayniqsa
yiriklari xira dog’ ko’rinishini oladi. Suratlardan eni 40 mkm dan katta bo’lgan
darzliklarnigina ilg’ash mumkin.
Oqish rangli material (masalan, kaltsit) bilan to’lgan darzliklar stilolit choklari
va ochiq darzliklarga ko’ra yaxshi farqlanadi.
Fotosuratlarda darzliklar yo’nalishi, rivojlanishi va ochiqligi yaxshi ko’rinadi.
SHuningdek, ularda diametri 1-3 mm gacha bo’lgan hamda ishqorli zonalarda
diametri bir necha sm dan 10 sm gacha va undan yirik ochiq makrobo’shliqlar yaxshi
ifodalanadi. Bunday darzlik va bo’shliqlarni kern materiali asosida aniqlash va
o’rganishning imkoni yo’q. SHu bilan birga quduq
kesimida bunday darzlik va
bo’shliqlarning bo’lishi burg’ilash chog’ida gil eritmasining jadal yutilishiga olib
keladi.
Darzlik va bo’shliqlardan tashqari fotosuratlarda jinsning donadorligi, qat-
qatligi, yertomirchalar, izlar va mayda strukturalarning borligi yaxshi ko’rinadi.
Fotosuratlarni izohlashda (masalan, kern namunasi yuzasini) mikroskopdan
foydalaniladi, olingan ma’lumotlardan jinslarning kollektorlik
xususiyatlarini
(g’ovakliligi, o’tkazuvchanligi va sh.k.) va darz ketganligini aniqlashda
foydalaniladi. Mikroskopning o’lchov shkalasi yordamida dastlab darzlikning butun
uzunligi bo’yicha ochiqliligi aniqlanadi, so’ngra darzlikning ochiqliligining o’rtacha
qiymati va darzlarning zichlik koeffisienti hisoblab topiladi. Fotokarotaj natijalarini
o’rganish asosida darzlikning zichligini o’rtacha arifmetik
qiymati aniqlanadi va
undan foydalanib, ma’lum bir interval uchun jinslarning darzlilik koeffisienti
hisoblanadi.
Fotokarotajdan, shuningdek, quduq
holatini nazorat qilishda, ya’ni
mustahkamlash quvurlari birikmasining zararlangan joylarini aniqlashda, quvurni
perforatsiya natijalarini ko’zdan kechirishda va gidravlik yorishni nazorat qilishda
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: