50
cho’kindilarning to’planishi quduq devoridagi jinslarning o’tkazuvchanligini
pasaytirib yuboradi.
Demak, mahsuldor qatlamlarni ochishdagi eng asosiy masalalardan biri
burg’ilash eritmasidagi chuchuk suvni qatlamga singishining oldini olishdir. Buning
uchun qatlamni ochishda burg’ilash eritmasiga sirt-faol moddalar qo’shib, uning suv
beruvchanligini pasaytirish, neft asosida tayyorlangan
yuvuvchi suyuqlikdan,
gazsimon omillardan, ikki va uch fazali ko’piklardan foydalanish va boshqa chora-
tadbirlar o’tkazishdir. Mahsuldor qatlamlarni ochishda qo’llaniladigan gil
eritmasining suv beruvchanligi juda past bo’lishi va o’z navbatida yupqa va
mustahkam qobiq hosil qilishi lozim. Bunday xususiyatlarga turli reagentlar bilan
ishlov berilgan va bentonitli gil qo’shib tayyorlangan
yuqori kolloidli eritmalar
egadir.
Burg’ilash korxonalaridagi geologik xizmat xodimlarining eng muhim
vazifalariga yangi quduq qazilayotgan uchastkalarda hamda ishlanayotgan konlarda
ochiladigan mahsuldor qatlamlar bosimini tahlil qilish va nazorat o’rnatish kiradi.
YUqori va anomal yuqori bosimli qatlamlar ochiladigan bo’lsa, zichligi yuqori
yuvuvchi suyuqlik tanlanadi, natijada u burg’ilash ishlarining mo’’tadil bajarilishini
ta’minlashi va otqinlarning oldini olishi lozim. Qatlam bosimi past bo’lganda asosiy
diqqat gil
eritmasi sifatiga qaratiladi, ya’ni mahsuldor qatlamga suv singishiga va
uning gillanishiga imkon bermaslik lozim.
Quduqning mukammaligini oshirish maqsadida mahsuldor qatlam to’liq
ochilishi kerak. Lekin quduq suv-neft (gaz-suv) zonasida qazilayotgan bo’lsa, u
qatlamning suvga to’yingan qismini ham to’liq ochadi. Bunday hollarda quduqning
tezda suvlanishining oldini olish uchun burg’ilash neft-suv (gaz-suv) tutash
yuzasidan yuqorida to’xtatiladi. Agar suv-neft zonasida haydash qudug’i
burg’ilanayotgan bo’lsa, mahsuldor qatlam, shu bilan birga uning suvga to’yingan
qismi ham to’liq ochiladi. Agarda neft uyumi gaz qalpog’iga ega bo’lsa,
u holda
burg’ilash quvurlari birikmasi boshmog’ini mumkin qadar gaz-neft tutash yuzasidan
pastga o’rnatish lozim, shunda gazni quduqqa yorib o’tishining oldi olinadi.
Qatlamning flyuidlarga to’yinish parametrlarini ishonchli baholash uchun
burg’ilanayotgan baholash quduqlaridagi mahsuldor qatlamni ochishda neft asosida
(ohak-bitumli) tayyorlangan yuvuvchi suyuqlikdan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: