45
5)
Quduq konstruktsiyasi va ishlatish quvurlari birikmasining germetikligini
sinash;
6)
Qatlamni ochish, mustahkamlash quvurlari birikmasini perforatsiyalash va
quduqni
ishga tushirish;
7)
Gaz-neftli gorizontlarni o’rganish, sinash va sh.k.
Nazorat qilish chog’ida burg’ilash eritmasida neft va gaz namoyonlanish
belgilarini aniqlash, jins namunalarini olish, quduqni sinashda to’plangan dalillarni
tahlil qilish va h.k. quduqning geologik kesimini tuzishda asosiy hujjat hisoblanadi.
4.5.1. Gil eritmasi sifati va quduqni yuvishni nazorat qilish hamda quduqda
sodir bo’ladigan asoratlarga qarshi chora ko’rish
Burg’ilash chog’ida qo’llaniladigan gil eritmasi
sifati quduqda neft-gaz
namoyonlashishi, ag’darilishlar yuzaga kelishi, gil eritmasining aylanmay qolishiga
va ochilgan mahsuldor qatlamning gillashishiga imkon bermasligi darkor. Gil
eritmasi quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim:
1)
quduq devoridagi
jinslarni yaxshi gillashi, ulardagi g’ovak va darzliklarni
berkitishi;
2)
mahsuldor qatlamlar ochilganda gil eritmasi tarkibidagi suvni unga ko’p
singmasligi;
3)
quduq devori yuzasida yupqa, o’zidan suv o’tkazmaydigan
gilli qobiq
yuzaga keltirmoq;
4)
maydalangan jins bo’laklarini gil eritmasi yordamida yer yuzasiga olib
chiqishi, gilli eritma harakati to’xtaganda zarralarning quduq tubida cho’kishiga
imkon bermasligi lozim.
Quduqni yuvish.
Quduq tubini maydalangan jins zarralari ― shlamdan uzluksiz
tozalash, jins maydalovchi uskunalarni sovutish, quduq
devorini mustahkamlash va
boshqa maqsadlarda vaqt ulushida quduqqa haydaladigan gil eritmasi yoki boshqa
yuvuvchi suyuqliklar miqdori. SHuningdek,
quduqni yuvish orqali ayrim
gorizontlarni ajratish, jinslarning qattiqligini pasaytirish, burg’ilash
uskunasini
moylash va shu kabi ishlar bajariladi. Burg’ilash chog’ida gil eritmasi
parametrlarining (zichligi, suv beraolishligi, barqarorligi, eritmadagi qum miqdori va
sh.k.) o’zgarishi kecha-kunduz davomida nazorat qilinishi lozim. Bu maqsadda har
bir qazilayotgan quduqda ko’chma laboratoriya yoki zaruriy asboblar to’plami,
burg’ilash idorasida turg’un laboratoriya tashkil qilinadi.
Gil eritmasi namunasi
quduq og’zida va eritmani aylanish tizimining oxirida olinadi. Gil eritmasining
aniqlangan hamma parametrlari miqdori maxsus jurnalda qayd qilinadi.
Dostları ilə paylaş: