41
Elastik tebranishlarni qo’zg’atuvchi manba maxsus konstruktsiyali tebratgichdan
iborat bo’lib, u to’lqinni qabul qilib oluvchi priyomnikdan tovushni yutuvchi material
bilan ajratilgan.
Akustik karotaj suyuqlik bilan to’ldirilgan quduqda o’tkaziladi, suyuqlik
tebratgich generator va priyomnikning atrof muhit bilan bog’lanishi uchun zarur. Gaz
bilan to’ldirilgan gil eritmasida generator va priyomnikning
tabiiy muhit bilan
akustik kontakti buziladi.
Quduqni sementlash sifatini nazorat qilishda elastik to’lqinlarning so’nishi
o’lchanadi. O’lchash mustahkamlash quvurlarining sementlangan qismi ichida
amalga oshiriladi.
1980 yildan boshlab bu metoddan kon geofizikasida keng foydalanilmoqda.
Uning yordamida kesimdagi jinslarning litologik tarkibi, kollektorlarning g’ovakligi
hamda elastik to’lqinlarning harakatlanish vaqti yig’indisi
aniqlanadi, kesimni
taqqoslash masalalari hal etiladi va quduqni sementlash sifati nazorat qilinadi.
Elastik to’lqinlarning harakatlanish vaqti va
tezligi diagrammasi quduq
chuqurligi bo’ylab o’lchanayotgan miqdorlar o’zgarishini ifodalovchi egri chiziqdan
iborat. Bir-biridan turli masofada joylashgan quduqlar kesimida har xil litologik
tarkibga ega bo’lgan jins qatlamlarining qavatlanish
xarakteri akustik karotaj
diagrammalarida takrorlanadi, shu sababli bunday quduq kesimini o’zaro taqqoslash
oson kechadi.
Tog’ jinslarida elastik tebranishlarning tarqalish tezligi turlicha bo’lganligi
sababli akustik karotaj ma’lumotlaridan jinslarning litologik tarkibini aniqlashda
foydalaniladi. Masalan, gidrokimyoviy cho’kindilarda o’tkazilgan
akustik karotajda
angidritlar toshtuzdan yaxshi farqlanadi. Tezlikni ko’rsatuvchi diagrammalarda gil
jinslar, bo’sh tuzilgan qumlar va boshqalar past ko’rsatkichga ega bo’ladi.
Tog’ jinslarining g’ovakliligini aniqlash akustik karotajning asosiy vazifalaridan
biri hisoblanadi. G’ovaklilikni baholashning boshqa metodlariga
qaraganda akustik
karotaj bir qator afzalliklarga ega, chunonchi uning ko’rsatkichlari bilan g’ovaklilik
koeffisienti oralig’ida chiziqli bog’lanish mavjud bo’lib, g’ovaklilikning o’zgarish
intervallarida u saqlanib qoladi. Bundan tashqari akustik karotaj ko’rsatkichlariga
quduqdagi suyuqlik xarakteri kam ta’sir etadi.
Dostları ilə paylaş: