48
jinslardan tuzilgan gorizontlar teshilganda qum chiqishi va quduqda tiqin hosil
bo’lishi mumkin.
Agar sement qorishmasi qatlam ichiga kirsa yoki qatlam mustahkamligi past
jinslardan tarkib topgan bo’lsa va natijada quduq unumdorligi keskin pasaysa, u
vaqtda ishlatish gorizonti ustidan boshlab mustahkamlash quvurlari birikmasi
sementlanadi. Bunday usul geologik jihatdan yaxshi o’rganilgan
konlarda ishlatish
qudug’ini burg’ilashda qo’llaniladi. Quduqni burg’ilash mahsuldor qatlam ustki
qismigacha 1-3 m qolganda to’xtatiladi. So’ngra mustahkamlash quvurlari birikmasi
tushiriladi va sementlanadi. Undan keyin diametri avvalgisidan kichikroq doloto
tushirilib, burg’ilash davom ettiriladi va qatlam ochiladi.
Agar qatlam zich va qattiq jinslardan tashkil topgan bo’lsa, quduq tanasini
quvurlar bilan mustahkamlamasdan ―
ochiq qoldirish mumkin; agar u bo’sh,
etarlicha qattiq bo’lmagan jinslardan iborat bo’lsa, u holda quduq tubiga xvostovikka
o’rnatilgan maxsus filtr tushiriladi, filtrning yuqori qismi mustahkamlash quvurlari
birikmasi ichiga kiradi. Quduqqa qum o’tmasligi uchun xvostovik bilan quvurlar
birikmasi oralig’idagi bo’shliq sementlanadi.
Filtr teshiklari shakli va o’lchami har xil bo’ladi.
Ular diametri va orasidagi
masofa mahsuldor gorizontdagi qumning zarralari diametriga va shakliga qarab
tanlanadi, gorizont ishlanganda undagi qum filtr orqali quduq ichiga kirmasligi
lozim. Ba’zan mayda shag’alli filtrlardan ham foydalaniladi.
Ishlatilayotgan gorizont geologik jihatdan yaxshi o’rganilgan va turg’un
jinslardan tarkib topgan bo’lsa, manjetli sementlash qo’llaniladi. Bunda quduq
loyihada ko’rsatilgan chuqurlikkacha qaziladi, so’ngra pastki uchiga filtr o’rnatilgan
quvurlar birikmasi tushiriladi. Filtr bilan quvurlar ulangan
joyga tirgovich halqa
o’rnatiladi. Sement qorishmasi quvur orti bo’shlig’iga tirgovich halqaning
yuqorirog’idan teshilgan joydan o’tadi va uni qotiradi.
Dostları ilə paylaş: