71
Mahsuldor gorizontlarning geologik tuzilishini mukammal o’rganish borasida
kesmalar tuziladi. Kesmaning vertikal masshtabi shunday tanlanishi kerakki, unda
mahsuldor qatlamlarni alohida qatchalarga bo’linishini va ularning kesma chizig’i
yo’nalishi bo’yicha fatsial o’rin almashinishini ko’rsatish mumkin bo’lsin.
Jinslarning fatsial o’zgaruvchanligini o’rganishda quduqlar bo’yicha mukammal
geologik kesma, konning ayrim uchastkalarining tektonik
tuzilishini aniqlash
maqsadida sxematik kesma tuziladi. Bunda faqat svitalarning ustki qismi va belgili
gorizontlari o’z aksini topadi.
Geologik kesma tuzishda unda sodir bo’lgan xatoliklarga ahamiyat berish kerak.
Bunday xatoliklar kesma yo’nalishiga quduqlar o’rni nuqtalarining noto’g’ri
tushirilishidan va quduq tanasining qiyshayishidan paydo bo’ladi.
SHu boisdan
geologik kesma tuzishda unda paydo bo’ladigan xatoliklarning oldini olish uchun
quduq o’rnining ko’chirilishini (kesma chizig’iga tushmagan),
shuningdek, quduq
tanasining qiyshayishini inobatga olib tuzatishlar kiritish kerak.
Dostları ilə paylaş: