Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə53/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

5.12 rasm. Kesma tekisligida 
qiyshaygan quduq uzunligini va 
og’ish burshagini grafik metod 
bilan aniqlash
(M.A.Jdanov, 1981)



77
(5.13-rasm). Bunday burg’ilash jarayonida quduqlarning vertikal yo’nalishini


saqlagan holda ularning tabiiy og’ishining jadallashishiga rioya qilinib, loyihada
ko’rsatilgan burchak ostida sun’iy qiyalashtirib burg’ilanadi.
Qiya yo’nalgan quduqlarni burg’ilash turbina usulida bajariladi, bunda mos
bo’lgan qiyshaytirgich vositalardan foydalaniladi. O’zbekistonda va sobiq Ittifoqda
tuzilishi oddiy, lekin ish samaradorligi yuqori turboburlar qo’llanilgan.
5.13-rasm. Qiya yo’nalgan quduqlarni qo’llashga misollar sxemasi
(A.G.Kalinin va
b., 1990): 1 – dengizda burg’ilash; 2 – dengiz ostidagi neft konini qirg’oqdan burg’ilash; 3 –
quduqni tashlama-uzilma (uzilishlar) zonasidan neftli ushastkaga qiya yo’naltirish; 4 –
burg’ilash qurilmasini o’rnatib bo’lmaydigan maydon ustidagi mahsuldor qatlamga qiya
burg’ilash; 5 – monoklinal yotgan neft qatlamlarini burg’ilash; 6 – oshiq favvora va yong’inni
bartaraf qilish ushun ikkinshi darajali qiya quduq burg’ilash; 7 – quduqda falokat bo’lganda
quduq devori yonboshidan burg’ilash; 8 – tuzli qubba yuvilayotgan joyidan qiya quduq
burg’ilash; N – neft; S – suv, G – gaz, T – tuz
Qiyshaytirgich sifatida burg’ilash quvurlari birikmasi ustiga o’rnatilgan egilgan
quvur, egilgan yo’naltirgich, ekstsentrik (umumiy markazga ega bo’lmagan) nippel
va R-1 turidagi vositalardan foydalaniladi. Egilgan quvur diametri 145 yoki 168 mm
li burg’ilash quvurlaridan tayyorlanadi. Egilgan burchagi 3-5
0
, egilgan joyi
quvurning tagidan 1,5 m masofada bo’ladi. Egilgan quvur quduqni qiyshaytirish
uchun ishlatiladi. Egilish har 100 m chuqurlikda 3
0
dan bo’lib, quduqning butun
chuqurligi uchun 20
0
dan oshmasligi kerak. Bunday cheklash egilgan quvurlar
mustahkamligi yuqori emasligi bilan bog’liq.
Egilgan yo’naltirgich etarli darajada mustahkam va burg’ilash quvurlari
birikmasidan tushayotgan og’irlikka bog’liq bo’lmaganligi bois undan burg’ilash
ishlarida osongina qo’llaniladi. Yo’naltirgichning eng mos egilgani 1-2
0
, uzunligi 0,3
dan 0,8 m.gacha. Bunday yo’naltirgichlar quduqni bir tomonga 45
0
gacha, har 100 m
da esa 5
0
gacha qiyshaytirish imkonini beradi. Ekstsentrik nippel valli turbobur
mustahkam bo’lib, quduqni bir tomonga 45
0
gacha qiyshaytirishda hamda
qiyshaytirish sur’ati har 100 m da 5
0
dan katta bo’lgan, jami 90
0
gacha
qiyshaytiriladigan quduqlarni burg’ilashda qo’llaniladi.
So’nggi
paytda
burg’ilashda
R-1
turidagi
qiyshaytirgichdan
keng
foydalanilmoqda, qiyshaytirish jarayoni og’irlashtirilgan burg’ilash quvurlari o’qiga



78
nisbatan burchak ostida burama kertik (rezba) kesib amalga oshiriladi. Qiyshayish


burchagi doimiy bo’lib, burg’ilash rejimi parametrlariga bog’liq bo’lmagan holda 90
0
gacha qiyshaytiriladigan quduqlarda qo’llaniladi. SHuningdek, yuqorida zikr
etilganlardan tashqari, quduq tubi dvigatellari

sektsiyali turboburlar va
elektroburlardan keng foydalanilmoqda. Sektsiyali turboburlarda qiyshayish
sektsiyalar o’qining bir-biriga tomon bukilishi hisobiga yuz beradi. Sektsiyalar
korpusi bir-biri bilan 1,5-2
0
li burchak ostida egilgan yo’naltirgichlar yordamida,
sektsiyalar o’qi esa mufta bilan biriktiriladi.
Quduqlarning sun’iy og’ishida qiyshaytirgich uskunalarini moslash muhim rol
o’ynaydi. Buning uchun bir necha usul va asboblardan foydalaniladi. Ayniqsa,
magnitli yo’naltirgich va inklinometr yaxshi natija beradi. Bunda quduqning
qiyshayadigan yuzasiga doimiy magnit o’rnatiladi, u inklinometrning magnit milini
og’ish burchagi tomonga yo’naltirib turadi. Yo’naltirish quyidagi tartibda bo’ladi: 1)
burg’ilash quvurlari inklinometr bilan bir tekisda quduqqa tushiriladi, magnitni
yo’naltirgich cheklagichiga taqib qo’yiladi; 2) qiyshayish tekisligining holati va
gorizont tomonlariga nisbatan qiyshayish yo’nalishi aniqlanadi. O’lchov uch
marotaba qaytariladi. Har o’lchamdan avval inklinometr 10-20 m yuqoriga
qaytariladi va yana o’z joyiga tushiriladi; 3) rotor bilan burg’ilash quvurlari birikmasi
zarur bo’lgan burchak tomon buriladi, inklinometr bilan yo’naltiruvchi qurilmaning
to’g’ri o’rnatilganligi tekshiriladi.
Botqoqlik joylarda qiya yo’nalgan quduqlarni burg’ilashda ko’p tanali (stvolli)
burg’ilash metodini qo’llash yuqori samara beradi. Bir joydan turib turli tomonlarga
qaratib bir-biriga yaqin masofada burg’ilangan quduqlar guruhi
kust
deb ataladi.
SHuningdek bir quduq tanasidan shoxlatib ham quduqlar qaziladi va ular
ko’p tanali 
quduqlar
deyiladi. Ko’p tanali qiya burg’ilash zaruriyatga ko’ra quyidagilarga
bo’linadi: texnik

imorat va inshootlar ostida yotgan konlarni burg’ilashda;
texnologik – tabiiy qiyalangan quduqlar ta’sirida konni ishlatish turini buzilishdan
asrash uchun burg’ilashda; geologik – ko’p qatlamli uyumlarni burg’ilashda;
orografik – suv va inshootlar, kuchli tabaqalangan relefli joylar ostida joylashgan
neft va gaz konlarini burg’ilashda, dengizga o’rnatilgan estakadalardan turib
quduqlarni mahsuldor gorizontlarga yo’naltirish uchun burg’ilashda va h.k.
Ko’p tanali qiya burg’ilashning quyidagi turlari mavjud: ikki tanali ketma-ket
burg’ilangan; uch va to’rt tanali burg’ilangan quduqlar. Quduq kustlarining shakli
konus ko’rinishiga yaqin bo’ladi, ularning o’lchami konlarni ishlatish turiga mos
keladi. Ko’p tanali qiya yo’nalgan quduqlar G’arbiy Sibirdagi botqoqlik joylarda
burg’ilashda qo’l kelmoqda.
Yo’nalma-qiyshaygan quduqlarni burg’ilashda vertikal quduqlardagiga o’xshash
geologik kuzatuvlar olib boriladi. Bunda faqat geologik kuzatuvlardan tashqari
qo’shimcha quduqlarning og’ishi inklinometr yordamida nazorat qilib turiladi.
CHunki inklinometr orqali bir vaqtning o’zida faqat og’ish burchagini emas, balki
qiyshayish azimuti ham nazorat qilinadi. Bu esa o’z navbatida bajariladigan ishlarni
ancha engillashtirib, vaqtni tejash imkonini beradi. Quduqdan foydalanishni nazarda



79
tutgan holda hamda quduq tanasining eng qulayini, ya’ni kesma shakliga mosini


tanlash muhim omillardan hisoblanadi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin