Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə58/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

5.4.2. Kesmalar usuli 
Struktura xaritasi kesmalar usulida tektonik tuzilishi murakkab bo’lgan va yer
yoriqlari bilan ajralib ketgan strukturalar uchun tuziladi. Goho bu usul uchburchaklar
usuli bilan birgalikda ishlatiladi.



84
5.19-5.20-rasmlarda kesmalar usuli bilan struktura xaritalarining navbatma-


navbat tuzilishi ko’rsatilgan. Eng avvalo hamma quduqlar bo’yicha bir qator
ko’ndalang, goho bo’ylamasiga, bir qator geologik kesmalar tuziladi (5.19-rasmda I-
I, II-II, III-III, IV-IV kesmalar). Bunday kesmalarda tayanch gorizontning ustki qismi
(yoki tubi) albatta ajratiladi va bular bo’yicha struktura xaritasi tuziladi. Joyning
planida tuzilgan kesmalar chiziqlarining o’rni ko’rsatiladi. Maydonning tektonik
tuzilishining murakkabligiga va struktura xaritasini xohlagan darajada mufassal
bo’lishiga qarab izogips kesimi tanlanadi (keltirilgan misolda 25 m).
So’ngra tayanch gorizontning ustki qismi (tubi) har bir kesmada tanlangan kesim
va chizma masshtabida gorizontal tekisliklar bilan kesib o’tiladi. Kesma tekisligini
gorizontal tekisliklar bilan kesib o’tilishidan hosil bo’lgan izlari chizmada kesma
chizig’iga parallel joylashadi. YUqorida joylashgan to’r chiziqlari bilan qatlam ustki
qismining kesishgan nuqtalari kesma chizig’iga proektsiyalanadi va qatlamning
ularga mos keluvchi balandlik belgilari ko’rsatiladi.
5.18-rasm. Struktura xaritasi yordamida oddiy (elementar) strukturalarni tasvirlash
(M.A.Jdanov, 1981) a – antiklinal; b – sinklinal; v – monoklinal; g – struktura burni
(do’ngligi); d – struktura botig’i (mulda); e – struktura terrasasi; j – fleksurali egiklik.
Strelkalar bilan qatlamning yo’nalishi va og’ishi ko’rsatilgan
Shuningdek, gorizont ustki qismini buzilish yuzasi bilan kesishgan va egilgan
nuqtalari proektsiyasi kesma chizig’iga tushiriladi.
5.19-rasmda egilma bilan bo’lingan ikkita antiklinal burmani kesib o’tgan to’rtta
ko’ndalang geologik kesma tasvirlangan. Birinchi burmaning g’arb qanoti sbros
bilan, sharqiy qanoti esa vzbros bilan murakkablashgan.



85
Struktura xaritasini tuzish (5.20-rasm) tayanch gorizontning ustki qismini


buzilishlar chizig’i bilan kesishgan izlarining gorizontal proektsiyasini tushirish bilan
boshlanadi. Chizmada mavjud bloklarni chegaralovchi nuqtalar chiziqlar bilan
tutashtiriladi. So’ngra gorizontning ustki qismini bukilgan nuqtalari proektsiyalarini
o’zaro tutashtirib, tektonik strukturalarning o’qlari chiziladi va har qaysi blok uchun
struktura xaritalari ayrim-ayrim tuziladi. Kesmalardagi bir xil qiymatli balandlik
chiziqlari (izogipslar) o’zaro tutashtiriladi. Struktura xaritalarini yuqori aniqlik bilan
tuzish uchun kesma usulini buzilishlar chuqurligini aks etuvchi nuqtalari va
gorizontning ustki qismini egilgan nuqtalari qiymatini kesmalararo interpolyatsiya
qilish bilan birga olib borish tavsiya etiladi.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin