86
5.4.3. Strukturalar xaritasining
mutlaq balandliklarini
interpolyatsiya qilish metodi bilan
tuzish
Mazkur metod bilan struktura xaritasini tuzish quyidagicha bajariladi.
Maydonning planiga qazilgan hamma quduqlarning o’rni nuqta ko’rinishida
tushiriladi. Quduqlarda struktura xaritasi tuziladigan qatlamlar aniq ajratiladi.
Quduqlar altitudasi yordamida qatlam yuzasining
mutlaq balandligi hisoblab
chiqiladi.
Hisoblab chiqilgan mutlaq balandliklar quduqning joylashgan o’rni ko’rsatilgan
nuqta yoniga yoziladi. Odatda nuqtaning o’ng tomoniga chizilgan chiziq suratiga
quduqning tartib raqami, uning maxrajiga qatlam ustining (yoki tubining)
mutlaq
balandligi yozib qo’yiladi. So’ngra struktura xaritasini tuzishga kirishiladi. Buning
uchun katta va kichik belgilar mukammal o’rganib chiqiladi va maydonda qanday
strukturalar
mavjudligi, shuningdek, uzilmali buzilishlarning bor yoki yo’qligi
aniqlanadi. Quduqlar bir-birlari bilan to’g’ri chiziq orqali tutashtiriladi va bular orqali
interpolyatsiya qilish yo’li bilan gorizontlarning boshlang’ich holati aniqlanadi.
Quduqlarning nuqtalarini chiziqlar bilan birlashtirishda tayanch to’rining
chiziqlari orasida o’tkir burchak hosil bo’lmasligi kerak. Agar bunday bo’lsa,
gorizontlarning egilishi noto’g’ri ifodalanadi.
Qayd etilgan ishlar bajarilgandan so’ng gorizontallar kesimining maqsadga
muvofiq o’lchami tanlanadi va ularning to’g’ri
chiziqlar bilan kesishgan nuqtalari aniqlanadi.
5.21-rasmda tasvirlangan
struktura xaritasida
gorizontallar har 10 m dan o’tkazilgan. Eng oddiy
holatni olsak, agar to’g’ri chiziq bilan birlashtirilgan
ikki quduq bo’yicha belgi 10 karrali bo’lsa (masalan,
1-quduqning chuqurligini anglatuvchi belgi 570 m va
3-quduqdagisi 620 m) bo’lsa,
masofa
5
10
570
620
bo’lakka bo’linadi, binobarin bu bo’laklarning oxirida
joylashgan nuqtalar 1-quduqdan boshlab 580, 590, 600
va 610 m dan o’tuvchi gorizontallarga to’g’ri keladi.
Agar quduqlar bo’ylab olingan belgilar 10 m ga
karrali bo’lmasa, u holda hisoblashlar ancha
murakkablashadi. Bunda 5-quduq (chuqurlik belgisi
532 m) va 8-quduq (chuqurlik belgisi 587 m)lar
oralig’idan o’tkazilgan gorizontallar topilishi kerak.
Basharti xaritada quduqlararo masofa 27,5 mm bo’lsa, u holda belgilarning 1 m
Dostları ilə paylaş: