94
tog’ jinslarining yuqoriga ko’tarilishi bo’yicha qiyshaysa, struktura xaritasida aslida
yo’q bo’lgan struktura do’ngligi paydo bo’lishi mumkin (5.31-rasm,a)
va aksincha,
quduq tog’ jinslarining pastga og’ishi bo’ylab qiyshaysa, xaritada struktura botiqligi
paydo bo’ladi (5.31-rasm,b).
Quduqning qiyshayishini hisobga olishda, eng avvalo uning fazoviy qiyshayishi
aniqlanadi va uni bir tekislikdagi qiyshayishga keltiriladi (qiyshayishning soxta
tekisligi). Bu ish 5.10-rasmga berilgan izohdagi metodika bo’yicha
bajarilib, uning
vertikal tashkil etuvchisi aniqlanadi. Natijada tayanch
yuzaning quduq bilan
uchrashgan nuqtasining joylashgan chuqurligi belgilanadi.
5.31-rasm. Quduqning qiyshayishi hisobga olinmaganda yuzaga keladigan xatoliklar
sxemasi va strukturalar xaritasini tuzishda ularning qiyshayishini hisobga olish
(M.A.Jdanov, 1981). Quduqlarning qiyshayishi hisobga olinmaganda sodir bo’ladigan
xatoliklar: a – qatlamlarning yuqoriga ko’tarilishi bo’yisha; b – qatlamlarning pasayishi
bo’yisha; v – quduqning qiyshayishini hisobga olib struktura xaritasini tuzish. A, S – quduqlar
og’zining holati; V, D – quduqlar ostki qismlarining holati; kasr suratida – quduqlar soni, kasr
maxrajida – quduq shuqurligining belgisi (metrda)
Quduqlar joylashgan planda struktura xaritasini
tuzish uchun qiyshaygan
quduqlar og’zi va ularning tayanch yuza bilan kesishgan nuqtalari tasvirlanadi (bir
tekislikka keltirilgan quduq tanasining gorizontal proektsiyasini ifodalovchi vektor
oxirida). Bu nuqtalarga (vektor oxirida) ularning yotgan
chuqurliklarini mutlaq
balandlik qiymatlari metrda qo’yiladi, ya’ni
х
-N, bunda
х
vertikal
tashkil
etuvchi; N
quduqning altitudasi.
Keyinroq mazkur quduqning tayanch yuzasi bilan kesishgan nuqtalari
(vektorning oxirida) uchburchak usulida tutashtiriladi.
YUqorida qayd etilgan
qoidaga ko’ra quduqlarning keltirilgan qiymati chuqurliklari bo’yicha interpolyatsiya
qilinadi va struktura xaritasi tuziladi (5.31-rasm,v).
Dostları ilə paylaş: