98
tuzilish usullariga to’xtalib o’tamiz. Buzilishlar yuzasi xaritasi buzilish yuzasining
tuzilishi murakkab bo’lib, buzilish yuzasi bilan tektonik to’silgan
neft uyumlari
bog’liq bo’lganda tuziladi. Bunday xarita uchburchaklar usuli yoki kesmalar usuli
bilan alohida quduqlarda ochilgan buzilishlar yuzalarining
mutlaq balandlik belgisi
bo’yicha tuziladi. Mazkur xaritalar orqali buzilishlar yuzasining ochiladigan
chuqurligi aniqlanadi va neft uyumlari etarlicha razvedka
qilinmagan taqdirda ham
ishlatish quduqlarini aniqlik bilan loyihalashtirishga imkon beradi.
I-I kesma II-II kesma
5.34-rasm. Buzilish yuzasi xaritasi:
1 –
buzilish yuzasi izogipslari, m; 2 – uyumning
nadvigosti qismidagi holati.
5.34-rasmda kesmalar usuli bilan tuzilgan buzilish yuzasining xaritasi
tasvirlangan. Xaritada interval quduqlardan olingan ma’lumotlar ham inobatga
olingan. Neft uyumining joylashishi faqat I-I va II-II kesmada (5.34-rasm)
ko’rsatilgan. Kesmalar bo’yicha olingan ma’lumotlarni struktura
xaritasiga tushirib,
neft uyumining joylashishi (abcd) va uning buzilish yuzasi bilan bog’liqligi
aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: