Geologiyasi


 MAHSULDOR QATLAMLAR TARKIBINI IFODALOVCHI



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə72/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

5.5. MAHSULDOR QATLAMLAR TARKIBINI IFODALOVCHI 
XARITALAR 

Mahsuldor qatlamlar tarkibini ifodalovchi xaritalar neft konlarini ishlatishda


(neft va gazning zaxirasini hisoblashda, konni ishlatish sistemasini loyihalashda va
sh.k.) muhim ahamiyatga ega. Bularga kollektorlarning qalinligini ifodalovchi
xaritalar, qatlamning g’ovaklilik va o’tkazuvchanlik xaritalari mansubdir. Quyida biz
shu xaritalar haqida so’z yuritamiz.
5.5.1. Kollektorlar qalinligini ifodalovchi xaritalar 

Agar
neftli


qatlam
monolit bo’lsa, ya’ni uning
tarkibida
o’tkazmaydigan
jinslar uchramasa, bunday
holatda
kollektorlar
qalinligining
xaritasini
(yoki izopaxit xaritasini)
tuzish tutashish xaritasini
tuzish
usulidan
farq
qilmaydi. Aksincha, neftga
boy qatlamning tarkibida
o’tkazmaydigan tog’ jinslari
qatchalari (gillar va sh.k.)
mavjud bo’lsa va ular
5.36 rasm. Neft konlaridan birining S
2
uyumlari bo’yisha tuzilgan zonal qalinliklar 
xaritasi 



101
kollektorlik xususiyatiga ega bo’lmasa, bunday sharoitda qatlamdagi hamma


o’tkazuvchan qatchalar birlashtirilib, kollektorning qalinligi aniqlanadi. Bunday
xaritalar kollektorlarning
foydali qalinligi
xaritasi deb ataladi. Xarita izopaxitlari
ma’lum nuqtalarni o’zaro interpolyatsiya qilish yo’li bilan topiladi, ya’ni bu jihatdan
kollektorlar qalinligini ifodalovchi xaritalarni tuzish, avval qayd etilgan struktura
xaritalarining mutlaq balandliklarini interpolyatsiya qilish yo’li bilan tuzishdan farq
qilmaydi. Agar kollektorlar ba’zi bir uchastkalarda qiyiqlansa va maydonda quduqlar
bir maromda joylashgan bo’lsa, bunday holatda nol chizig’i, ya’ni kollektorlarning
qiyiqlanish chizig’i quduqlar oralig’idagi masofaning yarmisidan o’tkaziladi.
Agar chegaralovchi quduqlar qiyiqlanish chizig’idan uzoqroqda joylashgan
bo’lsa, u holda nol chizig’ini kollektorlar qalinligining maydon bo’ylab o’zgarishini
hisoblab topiladi. Kollektorlarning foydali qalinligi bo’yicha tuzilgan xaritalardan
neft va gaz zaxiralarini hisoblashda, neft qatlamining ishlatishni loyihalashda va
nazorat qilishda foydalaniladi. Bunda amaliyot vazifalaridan kelib chiqqan holda
kollektorlarning foydali qalinligi xaritasi bilan birgalikda kollektorning gaz yoki
neftli qismining xaritasi tuziladi. 5.36-rasmda neft konlaridan birida S
2
uyumi
kollektorining zonal qalinligining xaritasi tasvirlangan.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin