99
1939 yilda qiya struktura xaritalari Grozniy neftli rayonida tik qiyalangan
qatlamlarni va bukilib yotgan burmalarni ifodalash uchun ishlatilgan.
Amaliyotdan
aynan shu tipdagi strukturalarni qiya struktura xaritalari yordamida ifodalash
strukturalarning va neft uyumlarining haqiqiy o’lchamlarini buzib ko’rsatilishiga olib
kelishi ma’lum bo’ldi. SHu sababli bunday xaritalardan foydalanish samarasiz
hisoblanadi
5.35-rasm. Erozion botiqning qiyalanishini ifodalaydigan struktura xaritasi.
Izogipslar,
metrda: 1 – monoklinallar, 2 –
erozion botiq tagi; 3 – erozion botiqning shuqurligini
ifodalovshi izoshiziqlar, metrda
5.35-rasmda erozion botiqlikni ifodalash uchun tutashish xaritasi yordamida qiya
struktura xaritasini tuzishning avvalgiga nisbatan soddalashtirilgan grafik metodi
ko’rsatilgan. Bu maqsadda I-I va II-II kesmada erozion botiqning geologik tuzilishi
ko’rsatilgan, erozion botiqning monoklinal holatda qoplab yotgan tog’
jinslari
punktir chiziq bilan ifodalangan, gorizontal chiziqlar tanlangan kesim bo’yicha
erozion botiqni kesib o’tgan (bunda kesim 100 m ga teng).
Gorizontal chiziqlarni monoklinal va erozion botiq bilan kesishgan nuqtalarini
gorizontalga
tushirib, raqamlar (va nuqtalar bilan) bilan monoklinalning mutlaq
balandligi, harflar bilan (va kichkina krest belgi bilan) erozion botiqning tubining
balandlik qiymati aks ettirilgan (5.35-rasm,a). YUqorida ko’rsatilgan ma’lumotlar
100
plandagi mos kesma chiziqlariga o’tkazadi (5.35-rasm,b). Keyinchalik monoklinal
qatlam ustki qismining mutlaq balandliklari bo’yicha monoklinalning struktura
xaritasi tuziladi. Erozion botiq tubining mutlaq balandliklari bo’yicha erozion botiq
izogipslari o’tkaziladi. Natijada tutashish xaritasi kelib chiqib, ya’ni erozion botiq va
monoklinalning izogips chiziqlarining kesishganini ko’ramiz.
5.35-rasmda ko’rsatilgan kesishish nuqtalaridagi
erozion botiq va monoklinal
oralig’idagi mutlaq balandliklar farqi erozion botiqning chuqurligini anglatadi.
Kesishgan nuqtalar simmetrik joylashganligi sababli, ularni birlashtirib (5.35-rasm,v
da ko’rsatilgandek), erozion botiqning 0, 100, 200, 200, 100, 0 m li chuqurlik
izochiziqlariga ega bo’lamiz.
Struktura xaritasi odatdagi usulda tuzilganda, erozion botiqlikni aniqlash haddan
tashqari qiyin bo’lar edi. Haqiqatan ham, I-I kesmada (5.35-rasm,a) 400 m li izogips
uchta kesishgan nuqtani
A, V,
S beradi, shundan ma’lumki, A nuqta botiq
chuqurligida, V nuqta botiqning yonbag’rida, S
nuqta esa botiq tashqarisida yotadi.
Agar struktura xaritasi odatdagidek tuzilganda hamma nuqtalar bir xil joylashgan
bo’lib, rasmiy jihatdan ularni 400 m li gorizontal chiziq bilan birlashtirsa bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: