103
aksonometrik (yoki istiqbolli) ifodalanishi hisoblanadi, ulardan ikki chetki devori
geologik kesimlar hisoblansa, ustidagisi qatlam xaritasini aks ettiradi.
Aksonometrik blok-diagrammalar ikki usulda tuziladi: 1)
egri burchakli
proektsiyada; 2) to’g’ri burchakli proektsiyada.
Egri burchakli proektsiyada (5.37-rasm) blok-diagrammaning bir tomoni frontal
tekislik hisoblanib, 2 xatosiz chiziladi. Blok-diagrammani tuzishda dastlab gorizontal
bazis to’g’ri chizig’i chiziladi. Bu to’g’ri chiziqdan 30
0
, yoki 45
0
, yohud 60
0
burchak
ostida (blok-diagramma shakliga ko’ra) boshqa to’g’ri chiziq o’tkaziladi, bu 3-yon
tekislikning asosi hisoblanadi. Bazis to’g’ri chiziqqa frontal tekislikni ifodalovchi
to’g’ri burchak chiziladi va u tekislikni teng kvadratlarga xatosiz bo’ladi.
Kvadratning qolgan ikki tekisligi xatoli bo’lib, ularni tuzish uchun quyidagi ishlar
bajariladi. 2-frontal tekislik kvadratlaridan 2-3-tekislik asosiga, ya’ni
tanlangan
burchak ostidagi gorizontal bazis chizig’iga parallel chiziqlar tushiriladi. So’ngra
frontal to’g’ri burchak yon chiziqlariga 1 va 3-tekisliklardagi kvadratlarning o’ng
tomonini kesib o’tuvchi chiziqlar o’tkaziladi. Kvadratlarning bu tomoni frontal
tekislikdagi kvadratlar tomonlariga nisbatan kichraytiribroq olinadi. Ammo xatolik
koeffisientining qiymati blok-diagrammada 0,4-1,0 atrofida o’zgarishi mumkin.
Bulardan so’ng blok-diagrammaga geologik kesimlar
va qatlam xaritasining
ma’lumotlari tushiriladi. Frontal tekislikka geologik kesim ma’lumotlari
o’zgartirilmay, xatosiz yon tekislikda tushiriladi. Yon tekislikda kesimni ifodalashda
qabul qilingan xatolik masshtabiga binoan kesim gorizontal yo’nalishda siqiladi.
Dostları ilə paylaş: