Geologiyasi


 Qatlamning qarshilik va neftga to’yinganlik xaritalari



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə74/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

5.5.3. Qatlamning qarshilik va neftga to’yinganlik xaritalari 
Neftga to’yingan kollektorlarning suvga to’yingan jinslardan farqi shundaki,
elektrkarotaj diagrammalarida ularning qarshiligi yuqori bo’ladi. Qatlamning
qarshilik xaritasini tuzib, uning neftga to’yinish darajasining maydon bo’ylab
taqsimlanishini tasavvur etish mumkin.
Xaritani tuzish uchun standart zonddan olingan solishtirma qarshiliklardan biri
ishlatiladi: a) qatlam qarshisidagi maksimal solishtirma qarshilik; b) qatlamning
hamma qismi bo’yicha o’rtacha solishtirma qarshilik; v) qatlamning neft-gazga
to’yingan qismining qarshisidagi o’rtacha solishtirma qarshilik.
Ma’lumki, qatlamni ishlatish jarayonida neftga to’yinganlik darajasi o’zgarib
turadi. Shu bilan birga, tasavvur etilayotgan solishtirma qarshilik qiymati va o’z
navbatida tuzilgan xarita ham o’zgaradi. SHuning uchun ham xaritani tuzishda
karotaj diagrammalaridan unumli foydalanish zarur. Shuni qayd etish lozimki,
tuzilgan xaritalar qatlamning neftga to’yinganligi borasida faqat taqribiy tasavvur
beradi.
Keyingi paytlarda kollektorlarning neftga to’yinganligini aniqlashda yonlama
elektr zondlash metodidan foydalanila boshlandi. SHu sababli qarshilik xaritasi
qatlamning neftga to’yinganlik xaritasi bilan almashtirildi.

5.5.4. Blok-diagramma tuzish metodikasi 
Geologik tuzilishi murakkab bo’lgan konda tog’ jinslarining ayrim
komplekslarini o’zaro bog’liqligini ifodalashda blok-diagrammalarlan foydalaniladi.
Blok-diagramma yer qobig’ining parallelepiped shakldagi bloklarini uch tekislikda



103
aksonometrik (yoki istiqbolli) ifodalanishi hisoblanadi, ulardan ikki chetki devori


geologik kesimlar hisoblansa, ustidagisi qatlam xaritasini aks ettiradi.
Aksonometrik blok-diagrammalar ikki usulda tuziladi: 1) egri burchakli
proektsiyada; 2) to’g’ri burchakli proektsiyada.
Egri burchakli proektsiyada (5.37-rasm) blok-diagrammaning bir tomoni frontal
tekislik hisoblanib, 2 xatosiz chiziladi. Blok-diagrammani tuzishda dastlab gorizontal
bazis to’g’ri chizig’i chiziladi. Bu to’g’ri chiziqdan 30
0
, yoki 45
0
, yohud 60
0
burchak
ostida (blok-diagramma shakliga ko’ra) boshqa to’g’ri chiziq o’tkaziladi, bu 3-yon
tekislikning asosi hisoblanadi. Bazis to’g’ri chiziqqa frontal tekislikni ifodalovchi
to’g’ri burchak chiziladi va u tekislikni teng kvadratlarga xatosiz bo’ladi.
Kvadratning qolgan ikki tekisligi xatoli bo’lib, ularni tuzish uchun quyidagi ishlar
bajariladi. 2-frontal tekislik kvadratlaridan 2-3-tekislik asosiga, ya’ni tanlangan
burchak ostidagi gorizontal bazis chizig’iga parallel chiziqlar tushiriladi. So’ngra
frontal to’g’ri burchak yon chiziqlariga 1 va 3-tekisliklardagi kvadratlarning o’ng
tomonini kesib o’tuvchi chiziqlar o’tkaziladi. Kvadratlarning bu tomoni frontal
tekislikdagi kvadratlar tomonlariga nisbatan kichraytiribroq olinadi. Ammo xatolik
koeffisientining qiymati blok-diagrammada 0,4-1,0 atrofida o’zgarishi mumkin.
Bulardan so’ng blok-diagrammaga geologik kesimlar va qatlam xaritasining
ma’lumotlari tushiriladi. Frontal tekislikka geologik kesim ma’lumotlari
o’zgartirilmay, xatosiz yon tekislikda tushiriladi. Yon tekislikda kesimni ifodalashda
qabul qilingan xatolik masshtabiga binoan kesim gorizontal yo’nalishda siqiladi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin