101
kollektorlik xususiyatiga ega bo’lmasa, bunday sharoitda qatlamdagi hamma
o’tkazuvchan
qatchalar birlashtirilib, kollektorning qalinligi aniqlanadi. Bunday
xaritalar kollektorlarning
foydali qalinligi
xaritasi deb ataladi.
Xarita izopaxitlari
ma’lum nuqtalarni o’zaro interpolyatsiya qilish yo’li bilan topiladi, ya’ni bu jihatdan
kollektorlar qalinligini ifodalovchi xaritalarni tuzish, avval qayd etilgan struktura
xaritalarining mutlaq balandliklarini interpolyatsiya qilish yo’li bilan tuzishdan farq
qilmaydi. Agar kollektorlar ba’zi bir uchastkalarda qiyiqlansa va maydonda quduqlar
bir maromda joylashgan bo’lsa, bunday holatda nol chizig’i, ya’ni kollektorlarning
qiyiqlanish chizig’i quduqlar oralig’idagi masofaning yarmisidan o’tkaziladi.
Agar chegaralovchi quduqlar qiyiqlanish chizig’idan
uzoqroqda joylashgan
bo’lsa, u holda nol chizig’ini kollektorlar qalinligining maydon bo’ylab o’zgarishini
hisoblab topiladi. Kollektorlarning foydali qalinligi bo’yicha tuzilgan xaritalardan
neft va gaz zaxiralarini hisoblashda, neft qatlamining ishlatishni loyihalashda va
nazorat qilishda foydalaniladi. Bunda amaliyot vazifalaridan
kelib chiqqan holda
kollektorlarning foydali qalinligi xaritasi bilan birgalikda kollektorning gaz yoki
neftli qismining xaritasi tuziladi. 5.36-rasmda neft konlaridan birida S
2
uyumi
kollektorining zonal qalinligining xaritasi tasvirlangan.
Dostları ilə paylaş: