97
5.4.10. Strukturalar xaritasidan foydalanish
Strukturalar xaritasi turli geologik masalalarni hal etishda va qatlamning
ishlatish loyihasini tuzishda, shuningdek, neft konlarida quyidagi ayrim masalalarni
hal qilishda qo’llaniladi:
1. Quduqning loyihaviy chuqurligini aniqlashda. Masalan, altitudasi 175 m ga
teng bo’lgan 1-quduq loyihalashtirilayotgan bo’lsin (5.33-rasm,a). Qatlam ustki
qismining keltirilgan mutlaq balandligi qiymati quduqning struktura xaritasida
joylashgan holatiga ko’ra
550 m ni tashkil etadi. Bunga ko’ra 1-quduqning loyihada
ko’rsatilgan chuqurligi qatlam ustki qismigacha 550+175=725 m ga teng bo’ladi. 2-
quduqning loyihadagi chuqurligi (5.33-rasm,b) 950-650=300 m, bunda quduq
altitudasi 950 m ga tengdir.
Dostları ilə paylaş: