Geologiyasi


 Strukturalar xaritasini tuzishda tutashish metodini qo’llash



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə68/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

5.4.9. Strukturalar xaritasini tuzishda tutashish metodini qo’llash 

Tutashish metodi faqat yagona quduqlar bilan ochilgan tayanch qatlam yuzasi


bo’yicha struktura xaritasini tuzishda qo’llaniladi. Buning uchun quyidagilar zarur:
maydonda kesimning yuqori qismida joylashgan va ko’p quduqlar bilan ochilgan
belgili gorizontning mavjudligi, uning yordamida ishonchli struktura xaritasini tuzish



95
mumkinligi va h.k. Mazkur metodning asosiy mohiyati qatlamlarning ikki yuzasi


oralig’idagi masofalarning o’zgarish qonuniyatini tadqiq qilishdan iboratdir. Agarda
pastki va ustki yuzalarning strukturaviy plani bir-biriga mos kelsa, u vaqtda ular
orasidagi masofalar o’zgarmaydi, bunday hollarda xarita tuzishda tutashish metodini
ishlatib bo’lmaydi.
Faraz qilaylik, faqat uchta quduq bilan ochilgan mahsuldor qatlam ustining
struktura xaritasini tuzish zarur bo’lsin (5.32-rasmda 1, 2, 3-quduqlar). YUqorida
joylashgan belgili gorizont bo’yicha esa struktura xaritasini tuzish uchun maydonda
ko’pgina struktura quduqlari qazilgan va ular bo’yicha etarli ma’lumotlar to’plangan
bo’lsin. Bunday sharoitda, avvalo struktura xaritasi yuqorida joylashgan belgili
gorizont bo’yicha tuziladi (5.32-rasm,a) va pastki mahsuldor gorizontni ochgan
quduqlarga, mahsuldor qatlam va belgili gorizontning joylashgan chuqurliklari
orasidagi farq qiymati yozib qo’yiladi
Birinchi va uchinchi quduqdan o’tuvchi I-I kesmaga (5.32-rasm,b) parallel qilib
ikkinchi quduqning izogips chizig’i o’tkazilgan. Rasmdan ma’lum bo’lishicha,
belgili gorizont bilan mahsuldor qatlam orasidagi masofa birinchi quduqdan 3-
quduqqa tomon ortib boradi. Mahsuldor qatlamni ochgan quduqlar belgisi yoniga
yozilgan interval masofalar o’lchamini interpolyatsiya qilamiz. Interpolyatsiyani
belgili gorizont ustining struktura xaritasining izogipsi kesimiga teng bo’lgan
intervallar bo’yicha bajarish tavsiya etiladi. Masofasi bir xil bo’lgan nuqtalar
birlashtirilib, izoxoralar (bir xil masofali chiziqlar) hosil qilinadi. SHunday qilib,
tutashish xaritasi, ya’ni belgili gorizont ustining izogipslarini izoxoralar bilan kesib
o’tilgan xaritasi tuziladi (5.32-rasm,a). Bu chiziqlarning kesishgan hamma
nuqtalarida mahsuldor gorizont ustining yotgan chuqurligini hisoblash mumkin.
Misol uchun kesishish nuqtasini A harfi bilan belgilaymiz (5.32-rasm,a). Bu nuqtada
belgili gorizont ustining yotgan chuqurligi

250 m ga teng, belgili gorizont va
mahsuldor qatlam ustlari orasidagi masofa esa 500 m ga teng.



96




Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin