117
Neftli jinslarning o’tkazuvchanligi bir necha o’ndan 5,1-10
-12
m
2
gacha
o’zgaradi, uning o’rtacha qiymati (0,20
1,02) -10
-12
m
2
chegarada o’zgaradi. Gil
jinslar o’tkazuvchanligi 0,001 va undan kam millidarsi birliklariga ega. Demak,
qatlamlarning o’tkazuvchanligi qanchalik katta bo’lsa, ularning mahsuldorligi va neft
beraolishi shuncha yuqori bo’ladi. Uyumni ishlatish va qatlamga ta’sir
etish
jarayonida jinslarning o’tkazuvchanlik qiymati suvni qatlamga haydashda gillarning
bo’kishidan, quduq tubi zonasining haydalayotgan
suv tarkibidagi mexanik
aralashmalar
bilan ifloslanishidan,
quduq tubi zonasida parafin, smola va sh.k.
to’planishidan kamayadi. Bunday salbiy hodisalarni bartaraf etish joiz.
Kernni
laboratoriyada
tadqiq
qilish
natijalari
neftli
jinslarning
o’tkazuvchanligining turli yo’nalishlarda o’zgarishini ko’rsatdi. Qatlamlanishga
ko’ndalang
yo’nalishdagi
o’tkazuvchanlik
qatlamlanishga
monand
yo’nalishdagisidan bir necha marotaba kam bo’lib, bu qiymat cho’kindi to’planish
sharoitiga bog’liq holda o’zgaradi. SHunga ko’ra jinslarning o’tkazuvchanligini ham,
qatlamlanishni ham qatlamlanishga perpendikulyar yo’nalishlarda aniqlash maqsadga
muvofiq bo’lib, ular natijasidan qatlamni ochish
masalalarini hal qilishda
foydalaniladi.
Qatlam o’tkazuvchanligini to’liq o’rganish
uchun kernni laboratoriya
tekshiruvlari
natijalaridan, elektr va radiokarotaj ma’lumotlaridan hamda quduqning
ishlash rejimini sanoat miqyosida o’rganish dalillaridan foydalanish zarur.
Dostları ilə paylaş: