118
Genetik yo’l bilan darzliklar asosan ohaktosh va dolomitlarda hosil bo’lib turli
yo’nalishlarga egadir. Bir qatlamdan ikkinchisiga uning qatlamlanish yuzasini kesib
o’tadigan darzliklar ham uchraydi, bunday darzliklar tektonik yo’l
bilan paydo
bo’ladi, odatda ular planda ko’pburchakli to’r hosil qiladi.
Neotektonik darzliklar ikkilamchi darzliklar deb nomlanib, kechki diagenez
(cho’kindini tog’ jinsiga aylanishi) va epigenez (cho’kindi tog’ jinsining mineral
tarkibi va strukturasining birgalikda ikkilamchi o’zgarishi)
bosqichlarida paydo
bo’ladi. Tog’ jinslari paydo bo’lgandan so’ng ular eng kuchsiz tektonik (tebranma)
harakatlar ta’siriga duchor bo’ladi, ulardagi birlamchi darzliklar tektonik darzliklarga
aylanadi va unga xos bo’lgan xususiyatlarga ega bo’ladi. Agar yer po’stida
dislokatsiyaga duchor bo’lmagan jinslar deyarli qolmagan, deb hisoblaydigan
bo’lsak, u holda birlamchi darzliklarni ajratish ancha qiyin kechadi.
Hozirgi vaqtda mavjud hamma darzliklar genezisini tektonik yo’l bilan paydo
bo’lgan, deb hisoblash mumkin. SHunga ko’ra ularning xususiyatlari ham o’ziga
xosdir:
1)
ma’lum darajada to’g’ri geometrik to’r hosil
qiluvchi darzliklar sistemasi;
2)
jinslarning qatlanishiga nisbatan darzliklarning qiyalanishi;
3)
darzliklarning asosiy sistemasi yo’nalishini tektonik strukturalar yo’nalishi
bilan bog’liqligi.
Bir qatlam doirasida hosil bo’ladigan darzliklar, tarkibi va qalinligidan qat’iy
nazar bir necha qatlamlarni kesib o’tuvchi hamda turli litologik tarkibli jinslar
chegarasida uchraydigan darzliklar shunday (neotektonik) yo’l bilan hosil bo’ladi.
Jinslarning qatlamlanishiga perpendikulyar yo’nalishda bo’lgan darzliklar ichida
qatlanish bo’yicha hosil bo’lgan darzliklar bundan istisnodir. Ularning paydo bo’lishi
karbonat jinslardagi birlamchi va ikkilamchi erish (suv ta’sirida) jarayonlari hamda
qayishqoq jinslarda bir tomonlama yo’nalgan tektonik deformatsiyalar bilan bog’liq.
Jinslarning kollektorlik xususiyatlarini aniqlashda tektonik darzliklarni o’rganish
ahamiyatlidir, chunki kollektorlardagi ko’p tarmoqli darzlar to’ri
quduqlarga katta
miqdordagi neft oqimi kelishini ta’minlaydi.
Tog’ inshootlari, kern va ochilmalardagi jinslarning oddiy ko’z bilan
ko’rinadigan darzliklari
Dostları ilə paylaş: