Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə84/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

makrodarzliklar
deb ataladi. Ularning ochiqligi 0,1 mm dan
katta bo’lib, ko’pincha yuzlab metrga cho’ziladi. Makrodarzliklar quyidagi turlarga
bo’linadi (M.I.Maksimov, 1965): 1) qatlam ichi darzliklari. Qatlamlanishga nisbatan
kam qiyshaygan bo’lib, qatlam chegarasidan chiqmaydi; 2) odatda, bir-ikki qatlamni
kesib o’tadigan ikkinchi tartibli darzliklar. Bir qatlamdan ikkinchisiga kesib o’tishida
og’ish burchagi va azimutini o’zgartiradi. Karbonatli jinslarda ko’pincha
qatlamlanish yuzasiga tik yo’naladi. Makrodarzliklar devorlari g’adir-budir, goho
unda turli yo’nalishdagi chiziqli o’ymalar paydo bo’ladi; 3) mahsuldor qalin
qatlamning butunlay yoki ko’p qismini kesib o’tuvchi birinchi tartibli darzliklar.
SHliflardan mikroskop yordamida ko’rish mumkin bo’lgan darzliklar
mikrodarzliklar 
deb ataladi. Mikrodarzliklar kengligining eng yuqori qiymati 100 mkm ga teng.
Tog’ jinslaridagi makro va mikrodarzliklar ko’rinishi to’g’ri geometrik
shakllarga ega. Geometrik to’r asosan ikki o’zaro perpendikulyar yo’nalishlardagi



119
vertikal (qatlanishga nisbatan) darzliklardan iborat. Ayrim hollarda jins


darzliklarining geometrik to’ri qatlamlanish tekisligiga nisbatan gorizontal
yo’nalishda paydo bo’lgan bir sistemali darzliklardan hamda o’zaro perpendikulyar
uchta sistemalardan yoki turli yo’nalishlardagi o’zaro qo’shilib ketgan (sistemasiz)
darzliklardan iborat bo’ladi.
Darzliklarning tog’ jinslarida joylashish qonuniyatini va yo’nalishini aniqlash
uning muhim belgilaridan biri hisoblanib, ular yordamida darzliklarning asosiy
sistemasi yo’nalishini va darzlanish jadalligini belgilash mumkin. Qatlamning
darzlanish jadalligi
jinsda paydo bo’lgan darzliklarning umumiy miqdori bilan
tavsiflanadi va u jinslarning litologik tarkibiga, metamorfizm darajasiga, qalinligiga
va qatlamning yotish sharoitiga bog’liq bo’ladi.
Jinslarning darzlilik jadalligi hajmiy (T) va sirtqi (P) darzlik zichligi bilan
tavsiflanadi. T=S/V ; P=

/F , bunda S - V hajmdagi jinslarni kesib o’tuvchi
bo’ylama darzlar maydoni yig’indisi;

― jins yuzasini F maydon bo’ylab kesib
o’tuvchi hamma darzlar uzunligi yig’indisi.
Darzli jinslarning kollektorlik xususiyatlariga ularning litologik tuzilishi
sezilarli ta’sir etadi; jinslarda darzlilikni rivojlanish shiddati va taqsimlanish xarakteri
uning moddiy tarkibi va struktura-tekstura xususiyatlari bilan chambarchas bog’liq;
darzlilik dolomitlashgan ohaktoshlarda kuchli rivojlangan bo’lib, ulardan keyingi
o’rinlarda toza ohaktoshlar, dolomitlar, argillitlar, qum-alevritli, angidrit-dolomitli
jinslar va angidritlar turadi.
Ilmiy-tadqiqot institutlarida bajarilgan eksperimentlardan olingan daliliy
ma’lumotlar tahlili natijasi darzli jinslarning o’tkazuvchanligi ularda rivojlangan
darzlik sistemalariga bog’liqligini ko’rsatdi. O’tkazuvchanlik jinsdagi darzlilik
zichligiga to’g’ri proportsionaldir. Tog’ jinsidagi darzlikning darzlilik sistemalari
bo’yicha taqsimlanishini o’rganish orqali ularning zichligini aniqlash mumkin.
Darzliklar zichligi
(G) deganda yoriqlar tekisligiga nisbatan o’tkazilgan tik
chiziq (L) birligidagi darzlar soni (N) tushuniladi va quyidagicha aniqlanadi
L
N

G
. Darzliklar zichligi 1/m da o’lchanadi.
Hajmiy zichlik T, sirtqi zichlik P va darzliklar zichligi G oralig’ida quyidagi
bog’liqlik mavjud:
G=


N
1
i
i
Т ; T=
i
N
1
i
i
соs
/
П



; P=
i
N
1
i
i
cos
Г



,
bunda T, G yoki P aniqlanadigan maydonchalar yoki chiziqlar soni; i - chiziq
yoki maydoncha raqami;

- G
i
yoki P
i
aniqlanadigan chiziq yoki maydoncha va
darzliklarning yo’nalishi bo’yicha burchagi.
Darzlar sig’imi K
t
ni aniqlashda shliflar mikroskop yordamida o’rganiladi,
K
t
=V

/F=VP , bunda V - shlifdagi darzliklarning eni;

–shlifdagi hamma
yoriqlarning uzunligi yig’indisi; F - shlif maydoni; K
t
-darzlar sig’imi; P-darzlarning
sirtqi zichligi.



120
Darzliklar ochiqligi (kengligi) ham tog’ jinslarining muhim parametrlaridan biri


hisoblanadi. Mikrodarzliklar kengligiga ko’ra juda ensiz (kapillyar) ― 0,005-0,01
mm, ensiz (subkapillyar) ― 0,01-0,05 mm va keng (qildek) ― 0,05-0,15 mm va
undan yirik turlarga bo’linadi.
Jinslarning darzliligini o’rganishda darzlik zichligi va ochiqligi bilan bir qatorda
uning shaklini (chiziqli, egri-bugri), mineral va bitum moddalari bilan bandligini va
sh.k. ham bilish zarur. Moddalar bilan bandligiga ko’ra ochiq, qisman to’lgan va berk
darzliklar farqlanadi. CHunonchi: 1) qumtosh va alevrolitlarda ochiq mikrodarzliklar
ko’proq, ba’zan berk darzliklar uchraydi; 2) gil va argellitlarda ham asosan ochiq
mikrodarzliklar rivojlangan; 3) mergellarda ochiq va berk mikrodarzliklar mavjud; 4)
organogen dolomitli ohaktoshlarda berk mikrodarzliklar keng rivojlangan, ba’zan
ochiqlari ham uchraydi; 5) dolomitlarda berk mikrodarzliklar keng rivojlangan
bo’lib, ochiqlari kam uchraydi.
Har qanday tog’ jinsining kollektorlik xususiyati flyuidlarni o’zida to’plash va
o’zidan chiqaraolish xususiyati hamda uning g’ovakligi (sig’imi) va o’tkazuvchanligi
bilan belgilanadi. Darzli jinslar sig’imi ikki xil: zarralar oralig’idagi bo’shliqlar va
darzlik bo’shliqlaridan tarkib topadi. Birinchisi zarralar oralig’idagi bo’shliqlar
hajmidan, ikkinchisi darzliklar hosil qilgan bo’shliqlar hajmidan iborat. Zarralar
oralig’idagi bo’shliqlardan tarkib topgan sig’imlar (qum, qumtosh, alevrolit, keltirib
yotqizilgan karbonat jinslarda) g’ovakliligi 9-10% dan yuqori bo’ladi. Darzlilik
hisobiga hosil bo’lgan bo’shliq hajmi

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin