Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə81/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

Foydali
yoki
fazali o’tkazuvchanlik
deganda g’ovakli muhit o’tkazuvchanligi
tushuniladi, bunda tog’ jinsi g’ovaklarida siljiyotgan suyuqlikdan tashqari bir-biri
bilan aralashmaydigan boshqa suyuqliklar ham qatnashadi. Foydali o’tkazuvchanlik



115
miqdori ma’lum qovushqoqlikka ega bo’lgan, berilgan bosim gradienti ta’sirida tog’


jinslarining ma’lum ko’ndalang kesimi yuzasidan siljiyotgan suyuqlikning hajmiy
sarfiga teng.
Bu miqdor tog’ jinslarining fizik xususiyatlari bilan bir qatorda ularning g’ovak
bo’shliqlarini to’ldirib turgan suyuqlik va gazlarning xususiyatlari va foiz nisbatiga
ham bog’liq. Jinslarning foydali o’tkazuvchanligi miqdori mutlaq o’tkazuvchanlik
qiymatidan kam bo’lib, jinslarning neft, gaz va suvga to’yinish miqdoriga bog’liq.
Foydali o’tkazuvchanlik qiymati yordamida nisbiy o’tkazuvchanlik hisoblanadi, u
o’z navbatida neft beraolish jarayonini gidrodinamik yo’l bilan aniqlashda zarur.
Foydali o’tkazuvchanlik laboratoriya usullari bilan aniqlanadi.
Nisbiy o’tkazuvchanlik
qiymati tog’ jinslari foydali (fazali) o’tkazuvchanligining
mutlaq o’tkazuvchanligiga nisbati orqali hisoblanadi. Eksperiment tadqiqotlari orqali
kerosin (K
k
) va suvga (K
s
) to’yingan g’ovakli muhitning nisbiy o’tkazuvchanlik egri
chizig’ining shakli 6.3-rasmda berilgan. Unda jinslarning kerosinga to’yinganligidagi
nisbiy o’tkazuvchanlik qiymatining qatlamning suvga to’yinganligi oshganda keskin
kamayishi ifodalangan. Suvga to’yinganlik miqdori 50% gacha ortganda kerosin
uchun nisbiy o’tkazuvchanlik (g’ovakli muhit faqat kerosin bilan to’yinganda) 20%
ga, ya’ni 5 marotaba kamayadi. Suvga to’yinganlik 80% gacha ortganda kerosin
uchun nolgacha pasayadi, bunday g’ovakli muhitda faqat toza suv filtratsiyasi
kuzatiladi.
Suvning nisbiy o’tkazuvchanligining o’zgarishi teskari yo’nalishda sodir bo’ladi.
Agar jins suvga kam to’yingan bo’lsa, g’ovakli muhit orqali faqat kerosin
harakatlanadi. Suvga to’yinganlik 50% ga etganda jinsning suv o’tkazuvchanligi
12% ga etadi, suvga to’yinganlik 80% ga etganda esa nisbiy o’tkazuvchanlik 50%
gacha ortadi.
Demak, jinslarda murakkab tarkibli suyuqliklar harakatlanganda foydali va
nisbiy o’tkazuvchanlik miqdori doimo mutlaq(umumiy) o’tkazuvchanliknikidan kam
bo’ladi. Foydali va u bilan birga nisbiy o’tkazuvchanliklar miqdori uyumni ishlatish
jarayonida uzluksiz o’zgarib turadi. Uyumni ishlatish boshlanganda, ya’ni
g’ovaklarda faqat toza neft harakatlanganda
jinsning foydali o’tkazuvchanligi yuqori,
qiymati mutlaq o’tkazuvchanlikka yaqin
bo’ladi. Keyinchalik qatlam bosimi kritik
bosimga
nisbatan
kamayib,
gazning
pufakchalar ko’rinishida ajralib chiqishi
boshlanganda
jinslarning
foydali
o’tkazuvchanligi neft uchun kamayadi. Suv
namoyonlanishi bilan foydali o’tkazuvchanlik
neft uchun yanada pasayadi. Kollektorning
o’tkazuvchanligi qanchalik past bo’lsa,
qatlamda shuncha ko’p neft qoladi, ya’ni neft
zaxiralaridan
foydalanishning
yakuniy
koeffisienti ham juda kichik bo’ladi.



116
Laboratoriya sharoitida o’tkazuvchanlik


aniqlanganda namunani tekshirish uchun
tayyorlashga
e’tibor
berish
kerak.
Namunaning
ustki
va
ostki
qismlarini
belgilab, jinslarning qatlamlanishiga moslab,
ba’zilari esa qatlamlanishga perpendikulyar holatda sinaladi va bu jarayonlar
laboratoriya jurnalida qayd qilinadi.
Jinslarning g’ovakliligi va o’tkazuvchanligini laboratoriyada aniqlash metodlari
maxsus qo’llanmalarda berilgan. Bundan tashqari, jinslarning o’tkazuvchanligi kon-
geofizikasi tadqiqotlari orqali ham aniqlanadi.
Qatlamning o’tkazuvchanligini, shuningdek, quduqni sanoat miqyosida tadqiq
qilish asosida ham aniqlash mumkin. Bu maqsadda quduqdagi bir tarkibli
turg’unlashgan (bir tekis harakatlanadigan) oqimdan foydalaniladi va u Dyupyui
formulasi bilan aniqlanadi:
h
r
R
n
μ
)
Р
Р
(
π
I
k
2
Q
š т
š а
œ
-

т


,
bunda Q ― suyuqlik sarfi, sm
3
/s; K
o’
― o’tkazuvchanlik, m
2
; h - qatlamning
foydali qalinligi, sm;

- qatlam sharoitidagi neftning qovushqoqligi, MPa∙s; R va r -
quduqning ta’sir radiusi va quduq radiusi, sm (R qiymati qo’shni ishlatish
quduqlarigacha bo’lgan masofalarning o’rtacha qiymatining yarmiga teng, r - neftli
qatlamni burg’ilagan doloto o’lchamiga teng bo’lgan quduq radiusi).
«Neft konlarini ishlatish» fanida konni ishlatishning turg’un rejimi uchun
indikator egri chiziqlarining va noturg’un ish rejimi uchun bosimning tiklanishi (
yoki pasayishi) egri chiziqlarini chizish metodikasidan ma’lumotlar beriladi. Ushbu
egri chiziqlar tahlili qatlamning o’tkazuvchanlik, Peyzoo’tkazuvchanlik,
harakatchanlik koeffisientlarini aniqlash imkoniyatini beradi.
Indikator egri chizig’i va mahsuldorlik koeffisienti yordamida o’tkazuvchanlik
koeffisienti qiymatini, quduq tanasi atrofi uchun boshqa parametrlarni hamda
bosimning tiklanishi (pasayishi) egri chizig’i orqali o’tkazuvchanlikning o’rtacha
miqdorini va quduq drenajlagan zonadagi parametrlarni aniqlash mumkin.
Neftli jinslarning mutlaq (umumiy) va foydali o’tkazuvchanligini o’rganish
uyumlarini ishlatish sistemasini loyihalashda, qatlamga ta’sir etish tadbirlarini ishlab
chiqishda katta ahamiyatga ega.
Ma’lumki, neft uyumlarining suvlanishining ortishi neft uchun foydali
o’tkazuvchanlikni pasaytiradi, suv uchun ko’paytiradi. SHunga ko’ra quduq to’liq
suvlanganda quduq tubi zonasida va qatlamda ma’lum bir miqdorda neft qoladi va
uni chiqarish juda qiyin bo’ladi, bunday hollarda neft uchun fazali o’tkazuvchanlik
nolga yaqinlashadi. Masalan, bir qator neft konlarining neftlilik chegarasidan
(uyumning suvlangan qismi chegarasidan) olingan namunalarning neftga
to’yinganligi 25-35% va undan ko’p bo’lgan.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin