Geologiyasi


 Kollektorlarning suyuqlikni o’tkazuvchanligi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə89/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

6.1.7. Kollektorlarning suyuqlikni o’tkazuvchanligi 

Mahsuldor qatlamlarning kollektorlik xususiyatlarini o’rganishda ularning


suyuqlik o’tkazuvchanligini bilish muhim. Bu parametr quduq ochgan qatlam
filtratsiyasining qiymatini va mahsuldorligini ifodalaydi. Suyuqlik o’tkazuvchanlik
qatlamning mutlaq o’tkazuvchanligi (K
o’
) va foydali qalinligi(h) ko’paytmasining
qatlam suyuqligi qovushqoqligiga (

) nisbati orqali hisoblanadi: K
o’
·h/

.
Suyuqlik o’tkazuvchanlik qiymati
(K
o’
·h/

) kollektorning ma’lum bir
qovushqoqlikdagi suyuqlikni vaqt birligida bosimlar farqi 0,1 MPa ga teng bo’lganda
o’zidan o’tkazish qobiliyatini ko’rsatadi.
Qatlamning suyuqlik o’tkazishi to’g’risidagi ishonchli ma’lumotlarni kon
sanoati tadqiqotlari orqali (masalan, bosimning tiklanish egri chizig’i yoki indikator
yordamida tuzilgan egri chiziq yordamida) olish mumkin. Lekin qatlam ichidagi



129
qatchalar quduqni sinash chog’ida ishtirok etmasligi yoki qayd qilingan


tadqiqotlarning bir qator quduqlarda bajarilmasligi oqibatida amaliyotda ba’zi
parametrlarni aniqlash imkoniyati bo’lmaydi.
SHunga ko’ra jinslarning suyuqlik o’tkazuvchanligi quyidagicha aniqlanadi.
Dastlab geofizik va laboratoriya tadqiqotlari yordamida jinslarning o’tkazuvchanligi
ma’lumotlari olinadi; so’ngra qatlamning foydali qalinligi kon-geofizikasi va kernni
o’rganish dalillari bilan belgilanadi; qatlam nefti qovushqoqligi laboratoriya
sharoitlarida katta chuqurlikdan olingan neft namunalari orqali aniqlanadi. Qatlam
to’g’risidagi bunday ma’lumotlarni unda joylashgan hamma quduqlar bo’yicha
to’plash yaxshi natija beradi.
Olingan ma’lumotlar har bir quduqning rejada ko’rsatilgan joyiga yozib boriladi.
So’ngra eng oddiy usullarda turli uchastkalardagi qatlamning filtratsiya
xususiyatlarini ifodalovchi suyuqlik o’tkazuvchanlik izochiziqlari chiziladi.
Masalan,
Romashkin
konida
D
1
gorizontdagi
jinslarning
suyuqlik
o’tkazuvchanlik qiymati keng chegarada o’zgaradi -1 dan 600 birlikkacha (1,02

10
-12
m
2

sm/MPa

s).
Kon-geologiyasi laboratoriyasida olib borilgan tadqiqotlar turli tipdagi
kollektorlar bir-biridan suyuqlik o’tkazuvchanligi bilan farqlanishini ko’rsatdi.
Masalan, alevrolitlardan tarkib topgan kollektorlarning suyuqlik o’tkazuvchanlik
qiymati 25 birlikdan kichik bo’lib, qatlamning foydali qalinligi 3-5 m dan oshsa, bu
qiymat
biroz
ko’payishi
mumkin.
Qumtosh
kollektorlarning
suyuqlik
o’tkazuvchanligi odatda 25 birlikdan yuqori, uning qiymati foydali qalinlik 2,0 m dan
kam bo’lganda pasayadi.
Suyuqlik o’tkazuvchanlik qiymatini aniqlash va xaritasini tuzish qatlam bo’ylab
kollektorlar xususiyatlarining o’zgarish qonuniyatlarini o’rganishda yordam beradi.
Suyuqlik o’tkazuvchanlik xaritasi qatlamning ayrim uchastkalariga haydalgan suv
ta’sirining samarasini aniqlash va mahsuldor qatlamning kollektorlik va filtratsiya
xususiyatlarini baholash imkonini beradi.
Ushbu parametrning bir xil qiymatlari o’tkazuvchanlikning va foydali
qalinlikning eng yuqori va eng past miqdorlarida o’zgarishsiz qolishi mumkin. SHu
sababli suyuqlik o’tkazuvchanlik parametridan foydalanishda foydali qalinlik va
o’tkazuvchanlikning eng past va eng yuqori qiymatlarini hisobga olish zarur.
O’tkazuvchanlikning yoki foydali qalinlikning eng yuqori yoki eng past qiymatlarida
suyuqlik o’tkazuvchanlik qiymatlari bir hil miqdorga ega bo’lsa, ulardan hisoblash
ishlarida foydalanib bo’lmaydi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin