128
Masalan, Romashkina konidagi D
1
mahsuldor gorizontdagi
kollektorlarda olib
borilgan tadqiqotlar quyidagilarni aniqlash imkonini berdi. Tarkibida 23% ga yaqin
gil fraksiyalari bo’lgan jinslar o’zidan deyarli suyuqlik o’tkazmaydi, o’z
navbatida
jins g’ovakliligi 11% ga yaqin bo’ladi. Mahsuldor gorizontdagi jinslarning
g’ovakliligi va o’tkazuvchanligi to’g’risidagi ma’lumotlarga ko’ra kollektorlarni uch
guruhga bo’lish mumkin:
1) g’ovakliligi 11% dan kam va o’tkazuvchanligi (5÷10)·10
-15
m
2
gacha bo’lgan
jinslar, ular shartli ravishda kollektor bo’lmagan (kuchli
gillangan mayda zarrali
alevrolitlar) jinslarga mansub.
2) g’ovakliligi 11 dan 16% gacha va o’tkazuvchanligi (5÷10)·10
-15
m
2
dan
160·10
-15
m
2
gacha bo’lgan jinslar, ular kam g’ovakli kollektorlarga (turli zarrali va
qisman gilli alevrolitlar) mansub;
3) g’ovakliligi 16% dan yuqori va o’tkazuvchanligi 160·10
-15
m
2
dan ko’p
bo’lgan jinslar, ular yuqori g’ovakli kollektorlarga (qumtoshlar va yirik zarrali
alevrolitlar) mansub. G’ovakliligi 11% dan kam bo’lgan
jinslarni ochgan quduqlar
sinab ko’rilganda ulardan sanoat miqyosiga molik neft oqimlari olinmagan.
Mahsuldor qatlamlardagi kollektorlarning o’tkazuvchanligi va zarralar
oralig’idagi ochiq g’ovaklilikning eng kichik (konditsiya) qiymatlarini belgilash neft
zaxiralarini
hisoblashda, neft konlarini loyihalashda va ishlatish jarayonini tahlil
qilishda katta ahamiyatga ega. Bunday qiymatlarda kollektor o’zining
o’tkazuvchanlik xususiyatlarini saqlab qoladi va tarkibidagi
neftni beraolish
qobiliyatiga ega bo’ladi.
Neft va gaz zaxiralarini, ayniqsa uyum zaxirasini
hisoblashda konditsiya
qiymatlarini belgilash va ularning o’rtacha qiymatlaridan foydalanish xatoliklar
keltirib chiqarmaydi. Lekin konning ishlatishni loyihalash
va tahlil qilishda bunday
konditsiyalar amaliyot talablarini to’liq qondira olmaydi,
shu sababli aniq va
mufassal tadqiqotlar natijalaridan foydalanish zarur bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: