Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə85/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

darzlik sig’imi
, darzli jinslarning birlik
hajmdagi (1 m
3
) bo’shliqlari hajmi
darzlik sig’imi koeffisienti
deb ataladi.
Bundan tashqari, karbonat jinslarda ularning erishidan hosil bo’lgan bo’shliqlar
(kovaklar, mikrokarst va stilolit bo’shliqlari) ham mavjud. Demak, darzli jinslarning
umumiy sig’imi
deganda jinsdagi hamma bo’shliqlar hajmi yig’indisining ushbu jins
hajmiga nisbati tushuniladi.
G.K.Maksimovich, E.M.Smexov va b. olib borgan tadqiqotlar natijasidan darzlik
sig’imi darzli kollektorlar sig’imi qiymatiga sezilarli ta’sir ko’rsataolmasligi ma’lum
bo’ldi va uning miqdori zarralar oralig’idagi bo’shliqning 10% gacha bo’lgan
hajmiga tengdir. Buning asosiy sababi, katta chuqurlikdagi (1000 m dan ko’p) darzli
jinslardagi yoriqlar kengligi 0,1 mm dan katta bo’lmasligidandir.
Masalan, G.K. Maksimovich, E.M. Smexov va b.ning fikricha, kub shaklidagi,
hajmi 1000 sm
3
bo’lgan namuna har birining kengligi 0,1 mm bo’lgan o’nta darzlik
bilan kesilgan bo’lsa, uning darzlik sig’imi 1% ga teng bo’ladi. A.A.Trofimuk
fikricha, darzlik sig’imi jins sig’imi qiymatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Darzli
ohaktosh va dolomitlar sig’imini (Karli, Kinzebulatovo, Zarubejnoe konlarida)
chiqarib olingan neft miqdoriga asoslanib (neft beraolishlik koeffisienti 0,2 ga teng
deb qabul qilingan) hisoblaganda uning qiymati 1,25-1,8% ga teng bo’lgan.
Janubiy Alan gazkondensat konidagi yuqori yura davri darzli karbonat
jinslaridagi darzlik sig’imi 0,1-1,5% chegarasida o’zgaradi. Ko’kdumaloq neft-
gazkondensat konidagi darzli karbonat jinslarida darzlik sig’imi 1,2-3,7% ga etadi.
Janubiy Eron konlaridagi darzli kollektorlarning umumiy sig’imini o’rtacha qiymati
5% (2-15%), jinslardagi darzlar hajmi (X.V.Leyn ma’lumotiga ko’ra) 1-2% atrofida.



121
SHarqiy Karpatdagi neft konlaridagi darzli kollektorlarning darzlik sig’imi 1-3%


atrofida.
Demak, jinslarning kollektorlik xususiyatlari ko’proq zarralar oralig’idagi
g’ovaklilikka bog’liqdir, darzlik sig’imi esa ikkinchi o’rinda turadi.
Jins-kollektorlardagi darzliklar, ularning turi va o’lchami ularda suyuqlik va
gazlarning harakatlanishida muhim rol o’ynaydi. Odatda darzli jinslar mo’rt yoxud
qattiq, litologik jihatdan bir-biridan keskin farqlanuvchi jinslardan tarkib topadi,
ularning zarralari oralig’idagi suyuqlik filtratsiyasining qiymati juda kichik bo’ladi.
Lekin, shunga qaramay O’zbekiston Respublikasidagi ko’pgina konlarda bunday
darzli jinslardan katta miqdordagi neft va gaz oqimlari olingan.
Darzlik o’tkazuvchanligi birligi
deganda 0,1 MPa bosim gradienti ta’sirida, 1
sm
2
ko’ndalang kesimga ega bo’lgan darzli jinsdagi, filtratsiya tekisligiga ko’ndalang
joylashgan hamma darzliklar orqali harakatlanayotgan, qovushqoqligi 1 MPa

s
bo’lgan suyuqlik sarfi miqdori bilan o’lchanadigan qiymat tushuniladi.
Darzli jinslarning umumiy o’tkazuvchanligi ichida darzlik o’tkazuvchanligi
asosiy o’rin egallaydi, uni aniqlash murakkab masalalardan biri hisoblanadi. Neft
konida quduqni sanoat miqyosida sinash ma’lumotlaridan foydalanib, darzli jins
o’tkazuvchanligini mahsuldorlik koeffisienti miqdori yoki bosimning tiklanish egri
chizig’i orqali belgilash mumkin. Agar bunday ma’lumotlar bo’lmasa (ayniqsa
razvedka bosqichida), darzlik o’tkazuvchanligi shliflarni mikroskopik tadqiqotlari
natijasidan «VNIGRI» instituti (Rossiya) tomonidan ishlab chiqilgan metodika
yordamida hisoblab aniqlanadi.
Ushbu metodikaga ko’ra, darzliklar kengligining haqiqiy qiymatini shliflardan
mikroskoplar yordamida aniqlab, quyidagi tenglamadan foydalanib darzlik sig’imi m
t
va darzlik o’tkazuvchanligini K
t
hisoblash mumkin:
m
T
=
S
b


; K
t
=8,45

10
6
b
3
m
t
,
bunda b - darzlik kengligi (o’rtacha qiymati), sm;

-darzlik uzunligi yig’indisi,
sm; S - shlif maydoni, sm
2
.
Darzli jinslarning umumiy o’tkazuvchanligi va umumiy g’ovakliligi shunday
jinslarga xos bo’lgan filtratsiya jarayonini yuzaga keltiradi. Bu jarayonda jinsdagi
turli-tuman bo’shliqlar va ularni o’zaro tutashtiradigan darzliklar ishtirok etadi,
darzliklar bu jarayonda etakchi rol o’ynaydi.
Jinslarning darzliligini kern materiali bo’yicha o’rganish quyidagi tartibda
amalga oshiriladi:
1)
kerndagi oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan darzliklarni o’rganish;
2)
mikrodarzliklarni laboratoriyada o’rganish va shliflar tayyorlash maqsadida
jins namunasi olish.
Kern darzliligini o’rganish uni geologik tavsiflash chog’ida amalga oshiriladi,
bunda darzlarning jins qatlamlanishiga nisbatan qiyalik burchagi va darzliklar
oralig’idagi burchagi o’lchanadi. Agar kernda stilolitlar, kovaklar yoki boshqa



122
bo’shliqlar bo’lsa, ularga tavsif beriladi, shu bilan birga ularning darzliklar bilan


aloqadorligi ham aniqlanadi. Kerndagi darzliklar zichligi hisoblanadi, bunda
jinslarning qatlanishiga qiya joylashgan darzliklar e’tiborga olinadi, qatlanishga
parallel bo’lgan darzliklar alohida hisoblanadi.
Darzliklar zichligini aniqlab, ularning darzlilik darajasini belgilash va yuqori
darzlilikka ega bo’lgan gorizontlarni bilish maqsadida quduq kesimining turli
uchastkalari o’zaro solishtiriladi. Bunday ma’lumotlarni bir qator quduqlarda o’zaro
solishtirib, darzlilikni maydon bo’ylab o’zgarish yo’sinini kuzatish mumkin. Darzlik
zichligini ushbu usulda aniqlash qiya yoki gorizontal yotuvchi qatlamlarda samara
beradi. Agar jinslar qiya holatda yotgan bo’lsa va kern kesimi qatlanishga parallel
bo’lmasa bu usuldan kam foydalaniladi. Bunday hollarda darzlik zichligi kernni
kesib o’tuvchi darzliklar maydoni yig’indisini uning hajmiga nisbati bilan aniqlanadi.
Darzli jinslarning petrografik xususiyatlarini shlifda o’rganish ahamiyatlidir.
SHliflar metodi bilan darzli jinslarning kollektorlik xususiyatlarini miqdoriy va sifat
ko’rsatkichlarini aniqlash mumkin. Sifat ko’rsatkichlari darzlik o’tkazuvchanligining
nisbiy miqdorini, darzlik zichligini va darzlik sig’imini belgilashda zarurdir. Bunday
hollarda bajarilgan tadqiqotlar quduq kesimining boshqa uchastkalariga nisbatan
yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan uchastkalarini hamda yaxshi kollektorli
xususiyatlari bilan ajralib turadigan jinslarni ajratish imkonini beradi.
Darzli jinslarni ko’rsatkichlarini o’rganish uchun quduqdan namuna (kern) har
2-4 m dan olinishi lozim. Agar mahsuldor yotqiziqlar qalinligi kam bo’lsa, kern
olinadigan intervallar kamaytiriladi. Darzli jinslar parametrlarini miqdoriy jihatdan
o’rganishda kern mahsuldor jinslarning har bir metr oralig’idan olinadi. Olingan
namunalarga etiketka yopishtirilib, yashiklarga taxlab, laboratoriyaga tekshirish
uchun yuboriladi.
Agar namunalar bir maromda (bir xil intervallardan) olinmagan bo’lsa, u holda
kesimning ayrim intervallarini tavsiflash uchun hamda kesimning u yoki bu
intervallarining kollektorlik xususiyatlari to’g’risida to’g’ri tasavvurga ega bo’lish
maqsadida ulardan kern necha foiz miqdorida olinganligini hisobga olish zarur
bo’ladi. Kesimning ayrim intervallaridan namuna kam olingan (kern kam miqdorda
chiqarilgan) bo’lsa, uni jurnalda qayd qilish kerak. Jins namunalari (kern)ni
ehtiyotlik bilan asrash, bo’laklarga bo’lganda sun’iy darzliklar hosil bo’lmasligiga
e’tibor berish lozim. Bu maqsadda kernbo’lgichdan foydalanish yoki namunani
kerakli o’lchamda olish zarur.
Burg’ilash jarayonida geologik kuzatuv ishlarini bajarish, quduqni sinash va
o’zlashtirish katta ahamiyatga ega. Bunda gil eritmasi yutilgan, otqinlar yuzaga
kelgan, asbob va b. tushib ketgan intervallar qayd qilinadi. SHuningdek, qazilayotgan
tog’ jinslari qattiqligi, burg’ilash tezligi, quduq debiti va sh.k. to’g’risidagi
ma’lumotlar yig’iladi. Strukturada joylashgan quduq debitining o’zgarish yo’sini,
qatlam bosimi, suvlanish tabiati, mexanik karotaj ma’lumotlari o’rganiladi.
Mexanik karotaj dalillaridan yuqori darajada darzlangan zonalarda burg’ilash
tezligining yuqoriligini, zich jinslar joylashgan intervallarda esa uning pastligini
farqlash mumkin. Qatlam bosimi qiymatini notekis taqsimlanishi qayd qilinadi;



123
qo’shni quduqlardagi qatlam bosimlarining bir-biridan keskin farqlanishi, ayrim


hollarda bosimning eng yuqori va eng past miqdorlari aniqlanadi.
Quduqning suvlanishi ham notekis sodir bo’ladi, ayrim quduqlar tez va to’liq
suvlansa, boshqalari uzoq muddat suvsiz neft bera olishi mumkin, qayd qilingan
hodisalar xarakteri quduq tubi holatini suv-neft tutash yuza holatiga mos kelmasligini
ko’rsatadi. Kondagi geologik kuzatuvlar darzli jinslarning kollektorlik xususiyatlarini
tahlil qilishda yordam beradi.
To’plangan ma’lumotlar sistemaga solinib, jadval, turli diagramma va grafiklar
ko’rinishida umumlashtiriladi, so’ngra ular kerndagi mavjud makrodarzliklar va
shliflardagi mikrodarzliklar kuzatuvlari bilan taqqoslanadi. Ushbu parametlarni har
tomonlama o’rganish orqali jinslarning darzliligini aniqlash, kern kam olingan
intervallardagi jinslarning darzlilik xarakterini baholash mumkin bo’ladi.
Tog’ jinslarining elektr o’tkazuvchanligiga undagi g’ovaklar, darzliklar va
namlik ta’sir etadi. Jinslarda g’ovak va darzliklarning taqsimlanish xarakteriga ko’ra
uning solishtirma qarshiligi turli yo’nalishlarda har xil bo’lishi mumkin. Darzli
jinslarning solishtirma elektr qarshiligining bunday xususiyatlaridan ularda
darzlarning paydo bo’lish va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganishda foydalanish
mumkin.
Jinslarning solishtirma elektr qarshiligi zarralar oralig’idagi g’ovaklarning
o’zgarishidan ko’ra darzlik sig’imining o’zgarishini yaxshi sezadi. SHu sababli
jinslarning solishtirma elektr qarshiligi xaritasidan foydalanib, darzlilikning maydon
bo’ylab o’zgarishi to’g’risida fikr yuritish mumkin. Darzlilik ko’p va yuqori darajada
bo’lgan uchastkalarda elektr qarshiligi past qiymatga ega bo’ladi va aksincha.
Quduq kesimining ayrim qismlaridagi darzli jinslarning kollektorlik
xususiyatlari to’g’risidagi ishonchli ma’lumotlar shliflar metodi yordamida olingan
bo’lsa, kesimning shu qismi uchun dala-geofizikasi dalillaridan ham foydalanish
mumkin. Olingan ma’lumotlar kesimning boshqa, litologik jihatdan bir tarkibli
qismini tavsiflash va aniqlash uchun zarurdir. Bunday ekstrapolyatsiya (quduq
kesimining bir qismini kuzatish asosida olingan xulosalarni uning boshqa qismiga
yoyish yoki tatbiq etish) quduq kesimi bo’ylab darzlilik qiymatining o’zgarishi
darzlik kengligining o’zgarishi hisobiga sodir bo’lganda yaroqli hisoblanadi.
Bosim tiklanishi egri chizig’idan foydalanishga asoslangan gidrodinamik metod
yordamida darzli kollektorlarning darzlilik koeffisienti, darzlik zichligi va boshqa
fizik parametrlarini aniqlash juda muhim hisoblanadi. Bu metod oddiy bo’lib, undan
ochiq va yopiq tubli quduqlarda tadqiqotlar olib borishda foydalaniladi. Neft
konlarida darzli kollektorlar keng tarqalganligi sababli ularning fizik parametrlarini
mufassal o’rganish lozim.
Karbonat kollektorlarda kovaklar ko’p uchraydi. Ular jinslar ichida
yotqiziqlarning to’planish jarayonida yoki undan keyinroq, asosan jins tarkibidagi
organik moddalarning parchalanishidan hosil bo’ladi. Birinchi xil kovaklar bo’lgan
ohaktoshlar rif massivlarida uchraydi. Ikkinchi xil kovaklar esa yer osti suvlari
harakati ta’sirida ohaktoshlarning erishidan paydo bo’ladi. Bunday kovaklarning
shakllanishi, kattalashishi karst bilan bog’liq bo’lib, dolomitlar va ohaktoshlarda



124
keng tarqalgan, ularda darzlarning bo’lishi suvlarning shimilishi va harakatlanishiga


imkoniyat yaratadi. Odatda karbonat jinslarda kovaklar notekis rivojlanadi, shu
sababli ularning sig’imini (bo’shliqligini) o’rganish qiyin kechadi.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin