127
(parametrlar qiymatining ishonchligiga qo’yilgan talab va shartlar) deb nomlanadi.
Konditsiyalar g’ovaklilik va o’tkazuvchanlikning minimal qiymatlari bo’lib, bunday
qiymatlarda jins neft tutib turish va neft beraolish qobiliyatiga ega bo’ladi.
Ushbu parametrlarning konditsiya qiymatlari geologik omillarga bog’liq bo’lishi
bilan
bir vaqtda, ular konni ishlatish texnologiyasi va texnikasi talablariga hamda
iqtisodiy ko’rsatkichlarga mos kelishi kerak. SHunga ko’ra
konditsiya qiymatlarini
belgilash eng qiyin masalalardan biri hisoblanadi.
Ma’lumki, kon geologiyasida konditsiya qiymatlari neft zaxiralarini hisoblashda
ishlatiladi, shu sababli ushbu qo’llanmada ularning mazmuni geologik nuqtai
nazardan yoritiladi. Bunday hollarda jinslarning asosiy
mezonlari sifatida ularning
mahsuldorligini ko’rsatish mumkin. Mahsuldorlik qiymati solishtirma mahsuldorlik
koeffisienti (q) bilan aniqlanadi:
P
H
Q
q
Δ
,
bunda Q - quduqdan sutka davomida chiqqan flyuid, t/sut;
N -qatlamning foydali
qalinligi, m;
P
- bosimlar farqi, m.
Laboratoriyada kernni o’rganib, ochiq g’ovaklilik (m
1
) va o’tkazuvchanlik
qiymatlari aniqlanadi. So’ng har bir quduq uchun o’tkazuvchanlik va solishtirma
mahsuldorlik koeffisientlarining bog’liqlik grafigi tuziladi (6.4-rasm).
Solishtirma
mahsuldorlik koeffisientining eng kam va eng yuqori qiymatlarini bilgan holda konni
ishlatishning iqtisodiy jihatdan samaradorligini aniqlash mumkin (masalan, Q = 0,05
(t/sut)/ (MPa
-1
-m)) bo’lsa, grafikdan o’tkazuvchanlikning mos keluvchi qiymati
topiladi (grafikda 15x10
-15
m
2
).
So’ngra ushbu quduqlar bo’yicha ochiq g’ovaklilik va o’tkazuvchanliklar
oralig’idagi bog’liqlik grafigi tuziladi (6.5-rasm) va o’tkazuvchanlikning
topilgan
qiymati (15-10
-15
m
2
) uchun ochiq g’ovaklilikning konditsiya qiymati (15%)
aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: