125
Darzli-g’ovakli-
kovakli
Darzli-g’ovakli-
kovakli
Karbonat, terrigen va ba’zan galogen
jinslar
Kovak-g’ovakli
Kovak-g’ovakli
Terrigen va karbonat jinslar
Terrigen kollektorlar odatda g’ovak turidagi kollektorlar toifasiga kiradi.
Karbonat kollektorlar turli ko’rinishdagi bo’shliqlardan - g’ovaklar, kovaklar,
darzliklardan iborat. Darzlik va kovaklardan iborat karbonat kollektorlar terrigen
kollektorlardan suyuqlikning filtratsiyalanishiga ko’ra farqlanadi.
SHu bilan birga
karbonat kollektorlar orasida bo’shlig’i asosan g’ovaklardan tarkib topgan
kollektorlar ham ko’p tarqalgan.
V.I. Viktorinning fikricha, g’ovak turidagi kollektorlardagi terrigen va karbonat
jinslar orasida sezilarli farq mavjud bo’lib, u bunday kollektorlardagi neft va gaz
uyumlarini ishlatish sharoitiga ta’sir etadi. Terrigen va karbonat qatlamlarni ishlatish
sharoitini qiyosiy baholash maqsadida muallif turli mutlaq o’tkazuvchanlikka ega
bo’lgan kollektorlarning uch guruhini ajratdi: kam o’tkazuvchan (0,01 mkm
2
gacha),
o’rtacha o’tkazuvchan (0,01-0,1 mkm
2
) va yuqori o’tkazuvchan (0,1 mkm
2
dan
yuqori). G’ovakli terrigen va karbonat kollektorlarning asosiy farqi quydagilardan
iborat:
1. Terrigen va karbonat kollektorlar g’ovakli bo’shliqlar strukturasiga ko’ra
bir-biridan farqlanadi. Terrigen kollektorlarda g’ovak diametri va ularni
tutashtiruvchi kanallar diametri deyarli bir xil. Karbonat kollektorlarda tutashtiruvchi
kanallar diametri g’ovaklar diametridan bir-ikki pog’ona kichik. SHunga ko’ra bir xil
g’ovaklikka ega bo’lgan terrigen va karbonat kollektorlarda
ikkinchisining tabiiy
o’tkazuvchanligi kam bo’ladi.
2. Karbonat va terrigen kollektorlardagi g’ovakli bo’shliqlar strukturasi turli
ko’rinishda bo’lganligi sababli ularni tuzuvchi solishtirma yuza miqdori ham har xil
bo’ladi. Solishtirma yuza deganda namunaning hajmiy birligidagi (1 sm
3
, 1 m
3
)
bo’shliqlar yuzasi yig’indisi tushuniladi. Jinsdagi g’ovakli bo’shliqlarning
solishtirma yuzasi o’lchami juda katta bo’lishi munosabati bilan undagi qoldiq suv
miqdori, neft-gazga to’yinganligi, jinslarning nam yutish xususiyati va sh.k. ham
yuqori bo’ladi. O’tkazuvchanlik past yoki o’rtacha bo’lganda karbonat kollektorlar
bo’shliqlarining solishtirma yuzasi terrigen kollektorlarnikiga nisbatan juda kam
bo’ladi. O’tkazuvchanlik yuqori bo’lganda ularning solishtirma yuzasi deyarli teng
bo’ladi.
3. Karbonat qatlamlar terrigen qatlamlarga nisbatan litologik tarkibiga,
sig’im-filtratsiya va qayishqoq-mexanik xususiyatlariga, qatlanishi va mintaqaviy
joylashishiga ko’ra har xil tarkiblidir. SHu sababli, tuzilishi yaxlit ko’rinadigan
karbonat jinslar aslida murakkab tuzilgan, ko’p qatlamli, kengligi katta, bir-biri bilan
gidrodinamik jihatdan mustahkam bog’lanmagan ko’pqatlamli ishlatish ob’ektlaridan
iborat bo’ladi.
4. Har bir karbonatli qatlamda bir vaqtning o’zida o’tkazuvchanligi bo’yicha
ajratiladigan, neft-gazga to’yingan uchta guruh (kam, o’rtacha va yuqori
o’tkazuvchan) kollektorlari uchraydi. Ba’zan o’tkazuvchanligi 0,001 mkm
2
dan kam
126
bo’lgan kollektorlar ham uchraydi. SHunga ko’ra karbonat kollektorlarning
o’tkazuvchanlik qiymati terrigen kollektorlarnikiga nisbatan keng intervalda
o’zgaradi. Bunday o’zgaruvchanlik karbonat kollektorlardagi neft va gazni suv bilan
hamda neftni boshqa omillar bilan siqib chiqarishda qiyinchiliklar tug’diradi.
5. Karbonat kollektorlar terrigen kollektorlarga nisbatan ko’proq darzlangan.
Darzlar qatlanishiga nisbatan vertikal yoki qiyalangan yo’nalishda rivojlanadi,
ularning kengligi qatlam bosimining yonbosh tog’ bosimiga nisbatan ortiqligi
hisobidan aniqlanadi. Darzlar oralig’idagi masofa quduq diametri o’lchamiga to’g’ri
keladi, darzlar sistemasi esa kengligi katta, alohida joylashgan
darzlardan iborat
bo’lmay, bir-biriga yaqin joylashgan, kengligi 1 dan bir necha o’n mikrometrga teng
darzlardan iborat. Darzlarning kengligi balandlik va uzunlik bo’yicha tez o’zgaradi,
shunga ko’ra o’tkazuvchanligi ham past bo’ladi.
6. Qatlam bosimi mo’’tadil gidrostatik bosimdan yuqori bo’lmasa (oddiy
sharoitlarda) darzli o’tkazuvchanlik qiymati 0,001 mkm
2
dan 0,01 mkm
2
gacha
o’zgaradi. Jinslardagi bo’shliqning umumiy hajmiga nisbatan darzli bo’shliqlar
salmog’i
kam
o’tkazuvchan
kollektorlarda
yuqori
qiymatga,
o’rtacha
o’tkazuvchanlarida o’rtacha qiymatga, yuqori o’tkazuvchanlarida past qiymatga ega
bo’ladi. SHunga ko’ra jinslarning darzliligi kam o’tkazuvchan kollektorlarning
ishlatish sharoitiga kuchli, o’rtacha o’tkazuvchan kollektorlarning ishlatish sharoitiga
o’rtacha ta’sir etadi, yuqori o’tkazuvchan kollektorlarnikiga esa deyarli ta’sir
etmaydi.
Demak, konlarni ishlatishning qayd qilingan sharoitlarida faqat yuqori
o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan kollektorlar g’ovakli, o’rtacha va past
o’tkazuvchanlari darzli-g’ovakli bo’shliqqa ega.
7. Quduq mahsuldor qatlamni ochganda hamma turdagi kollektorlarning
tabiiy o’tkazuvchanligi pasayadi. Past va o’rtacha o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan
terrigen kollektorlarda bunday hodisalar asliga qaytmaydigan ko’rinish oladi.
Karbonat kollektorlarga xlorid kislota haydalganda
karbonat jinslar eriydi, natijada
quduq atrofida radiusi bir necha o’n metrli zonaning o’tkazuvchanligi ortadi. Kislota
qatlamdagi darzlar bo’ylab ichkarilab borib, jins darzliligini va darzli
o’tkazuvchanlikni keskin oshiradi. Natijada jinslarning neft-gazga to’yinishi yuqori
darajada bo’lgan zonalarda uyumlarni sanoat miqyosida
ishlatish imkoniyati paydo
bo’ladi. Terrigen kollektorlar esa bunday sharoitlarda mahsulsiz hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: