104
YUqoridagi tekislikda ham ma’lumotlar xuddi shunga o’xshash xatolar bilan
ko’rsatiladi, lekin geologik yotqiziqlar chegarasini o’tkazishda
blok-diagrammadagi
kvadratlar tomonlaridan va qatlam xaritasiga xatosiz tushirilgan kvadratlardan
foydalaniladi. Qandaydir nuqtani tekislikka tushirishda uning masofasi kvadratlar
tomonidan boshlab, bir yo’nalish bo’yicha xatosiz olinadi. Boshqa yo’nalishi
bo’yicha esa dastlab qabul qilingan xatolik koeffisientiga ko’paytirib olinadi.
To’g’ri burchak proektsiyasida blok-diagrammalar uch variantda (turda) tuziladi:
1) izometrik tasvirlash, bunda uch o’qning yo’nalishi bo’yicha xatolik koeffisienti bir
xil bo’ladi (5.38-rasm,I); 2)
diametrik tasvirlash, bunda ikki yo’nalishda xatolik
koeffisientlari birday bo’lib, uchinchi yo’nalishdan farqlanadi (5.38-rasm,II); 3)
trimetrik tasvirlash, bunda xatolik koeffisientlari uch yo’nalish bo’yicha
bir-biridan
farq qiladi.
Amaliyotda izometrik tasvirlash eng ko’p, diametrik tasvirlash esa kamroq
ishlatiladi.
Izometrik aksonometrik blok-diagrammalar quyidagicha tuziladi. Qog’ozga
gorizontal chiziq chiziladi (5.39-rasm) va shu chiziqdagi A nuqtadan AV
perpendikulyar o’tkaziladi. Bu blok-diagrammaning old
tomonga qaragan qirrasini
ifodalaydi. Keyinchalik A nuqtadan gorizontal chiziqqa 30
0
burchak ostida
parallelipiped shaklini tasvirlovchi qirralar o’tkaziladi. Bunda hamma yo’nalishlar
bo’yicha xatolik koeffisienti 0,82 ga teng. Bundan keyingi tuzilishlarda AS, SS
1
va
DD
1
tomonlarni bir-biri bilan o’zaro teng ekanligi inobatga olinadi. SHuningdek,
VS
1
, AS, DE va D
1
B, DA, EC tomonlari ham bir-biriga teng.
5.39-rasmda tasvirlangan blok kub shaklida bo’lib, uning hamma tomonlari teng.
Blok-diagrammaning qirralari chizilgandan so’ng
uning hamma tomonlari
kvadratlarga bo’linadi (blok-diagrammada ular romb ko’rinishida). Bular geologik
kesmalardagi va xaritadagi kvadratlarga mos keladi. Kesmalardan olingan
ma’lumotlar va xaritalar xatolik koeffisientini
hisobga olgan holda blok-
diagrammaga o’tkaziladi.