92
5.29-rasmda ko’ndalang sbros bilan murakkablashgan antiklinal burmaning
struktura xaritasi va u bo’yicha tuzilgan kesma keltirilgan.
Kesmani tuzishda shuni
nazarda tutish kerakki, yuqoridagi blokning tayanch gorizontining ustki qismi (5.29-
rasm, chapda) buzilish yuzasi bilan a
1
nuqtada
chegaralangan, ya’ni bu izning a nuqtadan kesma chizig’iga chiqarilgan
perpendikulyari bilan kesishgan. Pastdagi blokning tayanch
gorizonti esa buzilish
yuzasi bilan b
1
nuqtada, ya’ni bu izni b nuqtada kesmaga tushirilgan perpendikulyari
bilan kesishgan nuqtasi bilan cheklangan.
Ko’ndalang yo’nalishdagi vzbros (5.30-rasm) bilan buzilgan antiklinal
burmaning struktura xaritasi bo’yicha kesma tuzishda
shuni inobatga olish kerakki,
ya’ni vzbros blokidagi (5.30-rasm, chapda) tayanch gorizontning ustki qismi buzilish
yuzasi bilan s
1
nuqtada
chegaralanadi, ya’ni bu yuzaning kesma chizig’iga s
nuqtadan tushirilgan perpendikulyar bilan kesishgan nuqtasiga to’g’ri keladi. Surilma
osti bloki (5.30-rasm, o’ngda) d
1
nuqtada
ya’ni bu yuzaning kesma chizig’iga d
nuqtadan tushirilgan perpendikulyar bilan kesishgan nuqtasida chegaralanadi.
Dizyunktiv (uzilmali) buzilishlar bilan murakkablashgan tayanch yuzaning
struktura xaritasini tuzishda quyidagilarga amal qilish kerak:
1) sbros va vzbros mavjud bo’lganda izogipslarning uzilishi kuzatiladi;
2) sbros mavjud bo’lganda buzilish chizig’ining gorizontal proektsiyalarining
oralig’ida joylashgan uchastkada tayanch yuza bo’lmaydi;
3) agar vzbros mavjud bo’lsa, unday sharoitda buzilish chizig’ining
proektsiyalari oralig’ida tayanch yuza ikki sathda takrorlanadi;
4) sbrosli buzilish bo’lganda, buzilish chizig’ining ikkita gorizontal proektsiyasi
tekis to’g’ri chiziqlar bilan ifodalanadi va ularning orasida tayanch yuza izogipslari
bo’lmaydi;
Dostları ilə paylaş: