Geometrik nivelirlash usullari va mohiyati



Yüklə 39,87 Kb.
səhifə1/10
tarix14.12.2023
ölçüsü39,87 Kb.
#177981
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Geometrik nivelirlash usullari va mohiyati-fayllar.org


Geometrik nivelirlash usullari va mohiyati

Geometrik nivelirlash usullari va mohiyati

Yer sirti nuqtalari orasidagi nisbiy balandliklarni aniqlash



nivelirlash deyiladi. Nivelirlashning quyidagi turlari mavjud:
    1. geometrik — ufqiy ko‘rish nuri yordamida nisbiy balandlik aniqlanadi;


    2. trigonometrik — o‘lchangan qiyalik burchagi va masofa orqali nisbiy balandlik hisoblanadi;


  1. barometrik — nuqtada atmosfera bosimi bilan balandlik orasidagi bog‘lanishni aniqlashga asoslanadi, barometrlarda amalga oshiriladi;


  2. gidrostatik — tutash idishlarda suyuqlik sathining baravar turishiga asoslanadi;


  3. mexanik — shovun ta’siriga asoslangan moslamali nivelir avtomatlar yordamida bajariladi;


  4. fotogrammetrik — qo‘shni fotosuratlarni stereoskopik ish- laydigan maxsus asboblar yordamida amalga oshiriladi.


Yuqorida ko‘rsatilgan nivelirlash turlaridan eng ko‘p qo‘llani- ladigan va anig‘i geometrik nivelirlash usulidir, trigonometrik nive- lirlash, asosan, topografik syomkalarni bajarishda qo‘llaniladi.


NIVELIRLASH USULLARI

Geometrik nivelirlashning o‘rtadan va oldinga nivelirlash usul- lari mavjud. O‘rtadan nivelirlash usulida B nuqtaning A nuqtadan h nisbiy balandligini aniqlash uchun ular o‘rtasiga




Geometrik nivelirlash usullari: a — o‘rtadan, b — oldinga.
nivelir o‘rnatiladi va bu nuqtalarda tik qo‘yilgan reykalardan te- gishlicha orqadan a va oldindan b sanoqlar olinadi. ko‘ra nisbiy balandlik:

h = a - b
Agar a > b bo‘lsa, nisbiy balandlik musbat va aksincha, teskari yo‘nalishda nivelirlansa, sanoqlar nomi o‘rni almashib a < b va nisbiy balandlik manfiy bo‘ladi. A nuqtaning balandligi HA ma’- lum bo‘lganda B nuqtaning balandligi HB quyidagi ikki formula yordamida hisoblanadi:
  1. Nisbiy balandlik orqali:





B A
H = H + h ,
ya’ni keyingi nuqtaning balandligi oldingi nuqtaning balandligi- ga nuqtalar orasidagi nisbiy balandlik qo‘shilganiga teng.
  1. Asbob gorizonti orqali:




H = H + a - b
ni hosil qilamiz. Tenglikning o‘ng qismidagi A nuqta balandligi

HA va shu nuqtadan olingan a sanoq yig‘indisi
H = H + a ,
ya’ni asbob ko‘rish o‘qining balandligi asbob gorizonti deyiladi.

H = H - a = A G - b ,
bundan nuqtaning balandligi asbob gorizontidan shu nuqtada olin- gan b sanoq ayrilganiga teng.
Oldinga nivelirlash usulida A nuqtada ko‘rish tru- basi okulari shu nuqta ustida turadigan nivelir, B nuqtada esa reyka o‘rnatiladi. Ruletka yoki reyka yordamida asbob balandligi i o‘lchanadi. B nuqtadagi reykadan oldingi b sanoq olinadi. ko‘ra:
h = i - b .
A va B nuqtalar orasidagi masofa katta bo‘lganda nivelirni bir o‘rnatish orqali ularning nisbiy balandliklarini aniqlash imkoni bo‘lmaydi. Shu sababli va joyning bo‘ylama profilini tuzish uchun ketma-ket nivelirlash bajariladi.

0
h = S h = S a - S b


ga teng bo‘ladi, ya’ni u oldingi va keyingi sanoqlar yig‘indilari (ayirmasi)ga teng. Asbob o‘rnatilgan J1, J2, ... nuqtalar bekatlar deyiladi. Oldingi bekatga keyingi va keyingi bekatga oldingi
bo‘lgan hamma balandlik uzatish uchun nivelirlangan 1, 2, ... nuqtalar bog‘lovchi nuqtalar deyiladi. Bog‘lovchi nuqtalar balandliklari tegishlicha quyidagi formulalarda hisoblanadi:

1 A 1


H = H + h ;

2 1 2
H = H + h ;



3

2

3


yoki
H = H + h

... ... ... ...



B A
H = H + S h .

Ketma-ket nivelirlash usullari.



Tik yonbag‘irlarni bir bekatdan nivelirlashda ko‘rish o‘qi reyka ustidan o‘tishi yoki yerga tegib qolishi mumkin. U holda orqadagi bog‘lovchi nuqtadan oldingi bog‘lovchi nuqtaga balandlik uzatish uchun qo‘shimcha X li nuqtalar deb ataluvchi nuqtalar nivelirla- nadi. Bu nuqtalargacha masofa o‘lchanmaydi va ular profilda ko‘rsatilmaydi. Nivelirlashda bog‘lovchi nuqtalar ko‘pincha 100 metrdan belgilanadi. Profil tuzishda esa joy relyefi o‘zgarish nuqtalari balandliklari ham aniqlanishi kerak. Bunda nuqtalar oraliq yoki plusli nuqtalar deyilib, keyingi bog‘lovchi nuqtagacha bo‘lgan masofa metrlar soni bilan belgilanadi. Masalan, 48- a rasmda 2- bekatdagi 2 + 60 nuqta. Ularga orqa- dagi reyka o‘rnatilib, c sanoq olinadi. Oraliq nuqtalar balandliklari ushbu formula asosida hisoblanadi:



+
H = AG - c .
Oldinga nivelirlash usulida katta masofalarga balandlik uza- tish tavsiya etilmaydi, chunki bu holda hisobga olish qiyin bo‘lgan asbob xatoliklari ta’siridan tashqari nivelirlash natijasida yer egriligi va refraksiya uchun tuzatma kiritish talab qilinadi.

Yüklə 39,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin