Mashq - I. Yig`uvchi linzaning bosh fokus oralig`ini aniqlash.
I-usul. Fokus oralig`ini linza bilan buyum va linza bilan tasvir
orasidagi masofalarga qarab aniqlash.
Ekranni buyumdan o`zoqroq masofada o`rganib, ular orasiga linza qo`yiladi va ekranda to`rning tasviri aniq ko`ringunga qalar linza u yoq- bu yoqqa suriladi. Linzadan tasvirgacha va buyumgacha bo`lgan masofalar o`lchanadi.
Ekranni ozgina siljitib yana aniq tasvir ko`ringuncha linza suriladi va masofalar qaytadan o`lchanadi. Bunday o`lchashlar bir necha marta takrorlanadi. O`lchashlarning bir qismini.buyumning kattalashgan tasvirini hosil qilib, ikkinchi qismini esa kichiklashgan tasvirni hosil qilib bajarish foydalidir.
Har bir o`lchashda aniqlangan d va f masofalarning qiymatlarini (2) formulaga qo`yib linzaning bosh fokus masofasi F ning qiymati topiladi. Turli o`lchashlardan topilgan F ning o`rtacha qiymatini olib absolyut va nisbiy xatoliklarni topish kerak. Hamma o`lchangan va hisoblangan natijalar jadvalga yoziladi.
№
|
d
|
f
|
F
|
F`
|
ΔF
|
ΔF
|
(ΔF/F) ∙100%
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Dostları ilə paylaş: |