484. Bor nazariyasiga asoslanib vodorod atomi uchun elektronni ikkinchi stansionar orbitasini radiusini va elektronni shu orbitadagi tezligini toping.
485. Bosh kvant soni n=2 bo‘lganda, Bor nazariyasidan foydalanib vodorod atomini qo‘zg‘atilgan holatidagi elektronni aylanish davri T topilsin.
486. Vodorod atomini nurlanish spektridagi Balmer seriyasidagi fotonni maksimal energiyasi Wm - topilsin.
487. Asosiy holatda turgan atomini birinchi qo‘zg‘alish potensiali i, va ionlanish energiyasi Wi - topilsin.
488. Vodorod atomida elektronni uchinchi orbitadan ikkinchi orbitaga o‘tishida chiqaradigan fotonning energiyasi W topilsin.
489. Vodorod atomini ultrafiolet seriyasida (Layman seriyasi) eng katta max va eng kichik min to‘lqin uzunliklari topilsin.
490. Bir karra zaryadlangan geliy ionida elektron uchinchi energetik satxdan birinchi energetik satxga o‘tdi. Geliy ionini chiqargan nurlanishini to‘lqin uzunligi - topilsin.
491. Vodorod atomidagi elektron uchinchi energetik sathda turibdi. Elektronni kinetik Wkpotensial Wp va to‘la energiyalarini W toping. Javob elektron - voltlarda bo‘lsin.
492. Foton asosiy holatda turgan vodorod atomidan, kinetik energiyasi Wk=10 10 ev bo‘lgan elektronni urib chiqardi. Fotonni energiyasi W toping.
493.Bor nazariyasidan foydalanib, deyteriy atomini uchinchi energetik sathda aylanayotgan elektronni tezligini toping.
494. To‘lqin uzunligi =0.015 mkm bo‘lgan foton qo‘zg‘atilmagan vodorod, atomidan elektronni urib chiqardi. Elektronni atom tashqarisidagi tezligini toping.
495. Не+ ioni uchun birinchi bor orbitasida aylanayotgan elektronni tezligini 1 va shu orbitasida radiusini Bor nazariyasidan foydalanib toping.
496. Asosiy holatda bo‘lgan Не+ ioni uchun birinchi qo‘zg‘alish potensialini va ionlashish Еi energiyasi topilsin.
497. Vodorod atomida elektronni qo‘zg‘atilgan holatidan asosiy holatga o‘tishda bor orbitasini radiusi 25 marta kamaygan. Bunda chiqarilgan fotonning to‘lqin uzunligi topilsin.
498. Biror moddani xarakteristik rentgen spektrini o‘rganayotgan vaqtda К - liniyasiga mos keluvchi to‘lqin uzunligi =0.075 nm ekanligi aniqlangan Mendeleev davriy jadvalidagi shu moddani tarib nomeri va elementi nomini toping.