Geometriya mavzu: yuz haqida tushuncha
tarix 13.02.2023 ölçüsü 0,96 Mb. #84054
8.8.45 2021-04-29 10 58 45 (1)
Agar geometrik shaklni chekli sondagi uchburchaklarga bo‘lish mumkin bo‘lsa, bu shakl sodda shakl deyiladi. 1- xossa. Teng shakllar teng yuzalarga ega. Yuz musbat miqdor bo‘lib, uning son qiymati quyidagi asosiy xossalarga ega: 2- xossa. Agar ko‘pburchak bir-birini qoplamaydigan ko‘pburchaklardan tashkil topgan bo‘lsa, u holda uning yuzi bu ko‘pburchaklar yuzlarining yig‘indisiga teng bo‘ladi. 3- xossa. Tomoni bir uzunlik o‘lchov birligiga teng bo‘lgan kvadratning yuzi birga teng. Teorema: Tomonining uzunligi a ga teng bo‘lgan kvadratning yuzi a² ga teng. Ta’rif. Agar ikki ko‘pburchakdan birini bir necha qismga bo‘lib, bu qismlarni boshqacha joylashtirganda ikkinchi ko‘pburchak hosil bo‘lsa, bu ko‘pburchaklar teng tuzilganlar deyiladi. Ta’rif. Agar ikki ko‘pburchakning yuzlari teng bo‘lsa, ular tengdosh ko‘pburchaklar deyiladi. Perimetri tomonlari 54 cm va 42 cm ga teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetriga teng bo‘lgan kvadratning yuzini toping. Yuzi 1) 2,25 cm², 2) 0,81 dm², 3) 289 mm², 4) 5,76 m², 5) 400 dm² ga teng bo‘lgan kvadratning perimetrini toping. ABCD – parallelogramm. SABCD = 12 cm². Topish kerak: SABD, SBCD Xossadan foydalanib, shaklning yuzini toping. Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: Xossa va teoremalarni yod olish. Dostları ilə paylaş: