26
Germaniya iqtisodiyotining tanazzulida sanoat birinchi navbatda aybdor. Ushbu mu-
him sohada unumdorlik 2 foizga pasaygan. Bundan tashqari Germaniya tovarlari
eksporti 8 foizga pasaydi.
Quyidagi grafikda Germaniya sanoatining yillar davomidagi holatlari, o’sishi kama-
yishi qayd etilgan. Oxirgi holatda esa Germaniya sanoatida pasayish kuzatilgan.
Germaniya sanoatining pasayishi
17
(11-rasm.)
Agar Germaniya iqtisodiyoti haqiqatan ham tanazzulga yuz tutgan bo‘lsa, unda
global va ichki tarkibiy muammolar tufayli, deydi “Die Welt” nashri. Masalan, Ger-
maniyaning eng muhim eksport sohalaridan biri avtosanoat Xitoydan talab kamligi
va elektr avtomobillariga o‘tish tufayli muammolarga duch kelmoqda.
Iqtisodiy muammolar nemis siyosatchilarining faolligini kuchaytirdi: Germaniya
mehnat
vaziri Xubertus Xayl, agar mamlakat iqtisodiy inqirozga duchor bo‘lsa,
mehnat bozori uchun maxsus choralar majmuini e’lon qildi. Angela Merkelga
kelsak, u iqtisodiyotdagi vaziyatni kuzatayotganini va vaziyatning rivojlanishiga
muvofiq javob bermoqchi ekanini bildirdi, shuningdek hozirgacha maxsus choralar
uchun biron-bir sabab ko‘rmadi.
18
Shu bilan birga Germaniyada bosha muammolar
ham yo’q emas. Bular qatoriga quyidagilarni keltirish mumkin:
1) Germaniya uchun eng katta muammo sifatida Yevropa Ittifoqini keltirib o’tish
mumkin. Ittifoq tarkibida bo’lgan Germaniya uchun Yevropa taqdiri bu davlatning
hayot mamotidek bo’lib ko’rinadi. Qolgan Ittifoq davlatlarining
rivojlanishda or-
qada qolayotgani, kundan-kunga qarzga botib, mustaqil siyosat yuritish qobiliyatini
yo’qotayotgani Germaniyani tashvishlantirmay qo’ymaydi. Bunga misol qilib
Gretsiya iqtisodiyotidagi turg’unliklarni, Italiyaning ko’plab miqdordagi qarzlarini
aytish mumkin. Bu mamlakatlarning muammosi o’z navbatida Germaniyaning ham
27
muammosidir. Buyuk Britaniyaning ham Yevropa Ittifoqidan chiqib ketayotgani al-
batta Yevropa Ittifoqiga o’zining ta’sirini o’tkazmay qo’ymaydi. Bu muammolar
Germaniya va Fransiyaning qo’llab-quvvatlashisiz o’z yechimini topa olmaydi. Shu
tufayli ittifoqdagilar bu masalarning yechimini izlashmoqda.
2) Rossiya va Ukraina nizolari ham Yevropani tashvishga solmoqda. Rossiyaning
Qrim hududlarini tortib olgani va Azov dengizi atrofida
Ukraina kemalarining
qatnoviga taqiq qo’yilishi Yevropa Ittifoqining noroziligiga sabab bo’ldi. Bazi
davlatlar “Rossiyaga sanksiyalarni kuchaytrish kerak” desa, bazilari buni
istashmaydi. Chunki shusiz ham ularning iqtisodiyoti og’ir ahvolda. Germaniya esa
Boltiq dengizi orqali o’tgan quvurlar yordamida Rossiyadan ko’p miqdorda gaz im-
port qiladi. Shu tufayli ular Rossiya bilan muzokaralar olib borishga harakat qilish-
moqda. Ammo haligacha ijobiy natija olisholgani yo’q.
19
3) Yana bir muammolardan biri bu atrof-muhit muammosidir. Germaniya iqtisodiy
rivojlangan, texnologiya taraqqiy etgan mamlakat bo’lganligi tufayli bu mamlakatda
atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish muammosi hamisha dolzarb muammolardan
bo’lib kelgan. Va hozirda bu mummolarga qarshi kurashilmoqda.
4) Muammo ketidan muammo. Germaniyada turmush
tarzi ham anchayin qiyin-
lashib bormoqda. Aholining katta qismi doimiy turar-joyga ega emas. Germaniyada
aholi ko’p bo’lganligi tufayli joy bilan taminlash muammosi ham ancha jiddiy tus
olgan. Aholi norozi bo’lib namoyishlar uyushtirishmoqda. O’zgarishlar talab qilish-
moqda
5) Germaniyada soliqlar, kommunal to’lovlar, yoqilgilar ham ancha qimmatdir.
Benzin narxlarining anchayin balandligi tufayli ko’plab mashinalar turgan joyida
qolib ketishgan anchadan buyon. Bular ham aholida
norozilik kayfiyatini
tug’dirmoqda.
Dostları ilə paylaş: