maqsad va vazifalari Mustaqil ishining maqsadi-talabani nazariy va amaliy tayyorgarligini aniqlash, uning fikrlash qobiliyatini va olingan bilimlarining chuqurliligini va sifatini belgilash xisoblanadi.
Mustaqil ishining maqsadidan kelib chiqadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
“Gerontologiya asoslari” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
Maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzular ustida ishlash;
Talabaning o‘quv- ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog`liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;
Faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalanadigan o‘quv mashg‘ulotlari;
Talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan, talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uy vazifalarini bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash, ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas. Uy vazifalarini tekshirish va baholash seminar mashg’ulot olib boruvchi professor-o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Mustaqil ishini bajarish jarayoni o‘quv jarayonning ajralmas qismi bo‘lgani uchun to‘g‘ri tashkil etish, yoritilayotgan mavzuning sifatli bayon etilishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Shuning uchun mustaqil ishini bajarish davomida talaba o‘z mexnatini quyidagi bosqichlar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlashi katta axamiyatga ega:
Mustaqil ishi mavzusini tanlash;
axborot uslubiy ta’minoti (adabiyotlar, internet) ma’lumotlarini yig‘ish va ularni o‘rganish;
Mustaqil ishi mavzusi rejasini tuzish;
Mavzuga oid turli ma’lumotlar to‘plash va qayta ishlash;
Mustaqil ishi matnini yozish;
Mustaqil ishini rasmiylashtirish;
Mustaqil ishini ximoyasi;
Mustaqil ishini bajarishda talaba o‘z ustida ishlashi bilan bir qatorda Mustaqil ishi raxbarlari bilan maslaxatlashishi va tegishli ko‘rsatmalar asosida faoliyat ko‘rsatishi zarur xisoblanadi.