Mustaqil ishi mavzusini tanlash. “Gerontologiya asoslari” fanidan mustaqil ishini muvaffaqqiyatli bajarilishining muhim omili – bu talabaning o‘z qiziqishi va qobiliyatiga qarab mos mavzuni tanlashi xisoblanadi. Shuning uchun ushbu bosqichda talaba mavzu tanlashda sinchkov va ma’suliyatli bo‘lishi lozim.
Mustaqil ishi mavzulari kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Mavzular soni talabalar sonidan ko‘p bo‘lishi kerak, ularning yo‘nalishi o‘quv dasturi doirasida va talabaning qobiliyati hamda imkoniyatlari darajasida bo‘lishi kerak.
Mustaqil ishi mavzusi talabalarni nazariy bilimlarini mustahkamlashga va ijodiy fikrlashga qaratilgan bo‘lishi bilan bir qatorda bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqib belgilanishi kerak.
Mustaqil ishi raxbari talabaga tanlangan mavzu bo‘yicha Mustaqil ishi topshirig‘ini rasmiylashtiradi va kafedra mudiri tasdiqlagandan so‘ng topshiriqni talabaga beradi.
Mustaqil ishi topshirig‘ida talabaning ismi sharifi, mutaxassisligi, kurs, guruxi, fan nomi, mustaqil ish mavzusi, topshirish muddati bilan bir qatorda namunaviy reja (kirish, asosiy qism, xulosa va boshqalar) hamda adabiyotlar, meyoriy xujjatlar va shu kabilar aks etishi lozim.
Mustaqil ishini bajarish jarayonida mustaqil ishi mavzusini o‘zgartirish yoki boshqa mavzu tanlanishiga ruxsat etilmaydi.
Mustaqil ishi mavzusini tanlash tartibi guruh jurnalidagi ismi, sha’rifi raqami bo‘yicha taqsimlanadi. Guruh talabasi tartib raqami asosida uchta mavzudan ya’ni 1, 2, 3, lardan ixtiyoriy birini tanlashi mumkin. Agar kursda guruhlar soni ikkitani tashkil etsa ushbu guruhlarga alohida mavzular beriladi. Bir mavzuni ikkita talaba yozishi mumkin emas.
“Gerontologiya asoslari” fanidan tavsiya etiladigan mustaqil ta’lim mavzulari.
Gerontologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari
Davlatning qariyalar to‘g‘risida ijtimoiy siyosati
Qariyalar bilan ishlashda ijtimoiy ishning yo‘lga qo‘yilishi
Qariyalar bilan ijtimoiy ish olib borishning usullari va yo‘nalishlari
Sharq mutafakkirlarining nuroniylar to‘g‘risida rivoyat va dono fikrlari
Keksa insonlarning yolg‘izlik muammolari;
Jamiyatning munosabatlar tizimia keksalar ijtimoiy guruhining roli va o‘rni.
Keksalik yoshiga tayyorgarlik va faol keksalikning namoyon bo‘lishi;
Keksa insonning hayotb uslubi va faoliyat sohasi;
Biogerontologiya va salomatlik;
Keksalikni qanday o ‘tkazish haqidagi qarashlar;
Keksalarga tibbiy – ijtimoiy yordam ko ‘rsatishni tashkillashtirish;
Keksalar inson oilasi bilan muomala qilishn qoidalari;
Ijtimoiy ishchilarning keksalar bilan muomala qilish qoidalari;
Keksa avlod turmush darajasi.
Gerontologiya – startap loyihalar
Gerontologik tadqiqotlar: ilmiy va biotibbiy tadqiqotlar
Siyosiy gerontologiya: aholining qarishi va siyosat