Gerontologiya asoslari


Axborot uslubiy ta’minotini yaratish va ularni o‘rganish



Yüklə 238,69 Kb.
səhifə4/9
tarix05.12.2023
ölçüsü238,69 Kb.
#172998
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Gerontologiya asoslari

Axborot uslubiy ta’minotini yaratish va ularni o‘rganish.
Talaba mustaqil ishi mavzusini olganidan so‘ng rahbar bilan maslaxatlashib adabiyotlar to‘plashiga kirishishi kerak. Bunda faqat darslik, balki boshqa fanlarni o‘rganish davomida ko‘rsatilgan adabiyotlar, statistik va internet ma’lumotlari, qonunlar, meyoriy xujjatlar va boshqalarni ham o‘rganishi lozim.
Undan so‘ng ularning ichidan mustaqil ishi mavzusiga bevosita aloqador bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzish va ularni topib bir qator tanishib chiqishi kerak, chunki boshlang‘ich tanishuv natijasida talaba mustaqil ishi rejasini mustaqil ravishda tuzadi.
Adabiyotlar va internet ma’lumotlari bilan ishlashni mamlakatimizdagi ta’lim qonunchiligiga taaluqli bo‘lgan qonun va meyoriy xujjatlarni o‘rganishdan boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Har tomonlama mukammal yoritilgan va ilmiy ijodiy yondashilgan mustaqil ishini bayon etish uchun iqtisodiy va tarbiyaviy, pedagogik qonuniyatlarni bilish va ularni qo‘llash katta ahamiyatga ega.
Mustaqil ishini bajarishda faqat uslubiy qo‘llanmalarda va mustaqil ishi topshirig‘ida tavsiya qilingan adabiyotlardan foydalanish bilan chegaralanib qolmasdan, imkoni boricha mustaqil xolda tanlangan adabiyotlarga asoslanish lozim, xatto xorijiy adabiyotlardan ham foydalanish ishni mazmunini boyishiga va yanada mukammal bajarilishiga yordam beradi.
Mustaqil ishi rejasini tuzish.
Mustaqil ishi tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslangan kirish qismidan, ilmiy raxbar bilan kelishib tuzilgan rejaga ko‘ra nazariy va amaliy masalalar yoritilgan asosiy bo‘limdan, shuningdek, xulosa va takliflar yozilgan xotimadan iborat ishdir.
Rejadagi ko‘zda tutilgan masalalar tarkibiy mavzuning mohiyatidan kelib chiqishi, aniq bo‘lishi va o‘rganilayotgan muammoni xar taraflama aks ettirishi muhimdir.
Rejadagi xar bir masala o‘zaro bog‘langan bo‘lishi lozim, ularni yoritishda esa kasbiy pedagogikaning mohiyatini va nazariy asoslarini aks ettituvchi tushunchalarning biror ta’lim muassasalarning amaliy ish faoliyatiga bog‘langan bo‘lishi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash.
Ushbu bosqichda talaba adabiyotlar, internet ma’lumotlari va boshqa manbalar asosida mavzuni xar tomonlama yoritish maqsadida ma’lumotlar to‘playdi va ular bo‘yicha xisob – kitoblarni amalga oshiradi. Ushbu bosqichda iqtisodiy va tarbiyaviy taxlil usullaridan foydalanib, tegishli xulosalar chiqariladi.
Mustaqil ishi nazariy jihatdan turli manbalardagi ma’lumotlar taxliliga asoslangan bo‘lib, mavzuga mos muammolar, takliflar, sxema, grafik, jadval va diogrammalarda mujassamlashtirilgan bo‘lishi lozim.



Yüklə 238,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin