Gidravlika va gidropnevmoyuritmalar fanining maqsadi va vazifalari mavzusidagi mustaqil ish taqdimoti

Yüklə 0,62 Mb.
səhifə3/7
tarix11.10.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#153606
1   2   3   4   5   6   7
Oqilov Otabek

Shuning uchun gidravlikada amaliy tajribadan keng foydalaniladi, ya’ni ilmiy tajriba keng qo‘llaniladi. Gidravlikada amaliy tajriba yo‘li bilan birinchidan, nazariy formulalarga kiruvchi koeffitsientlar va tuzatishlar, ikkinchidan, tajribaga asoslangan yangi formulalar kashf etiladi. Nazariya bilan amaliy tajribaning o‘zaro aloqasi va ilmiytekshirish ishlarini keng tashkil etilishi Gidravlika fanini kelgusida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishida, xalq xo‘jaligida muhim masalalarni yechimini topishda amaliy imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, Gidravlika fanining predmetini aniqlab, unga qisqacha quyidagicha ta’rif berish mumkin: Gidravlika - tabiiy fanlardan biri bo‘lib, suyuqlikning nisbiy tinch holat va harakat qonuniyatlarini o‘rganadi va bu ~ 10 ~ qonuniyatlarni kishilar jamiyatining mehnat faoliyatida qo‘llash uchun uslublar yaratadi. Umuman, fan, o‘zining o‘rganilish jarayonida o‘ziga xos yo‘nalishlarga bo‘linadi.

 Masalan, qurilish mutaxasisliklarida gidravlik inshootlar qurilishiga va ekspluatatsiyasiga bog‘liq bo‘lgan muammolar bilan shug‘ullanadi yoki mashinasozlik, aviasozlik mutaxassisliklarida - bu sohalarga bog‘liq bo‘lgan fizik xodisalarni texnikada qo‘llash uchun loyihalashtirish va ekspluatatsiya jarayonini o‘rganadi. Fanning rivojlanishi bilan hozirda, Gidravlika fanida o‘rganiladigan ob’ekt sifatida, nafaqat suvni, balki, barcha tabiatda mavjud bo‘lgan suyuqliklar qabul qilingan. Bo‘lg‘usi shifokorlarning ham fiziologiya fanini Gidravlika fani bilan qo‘shib o‘rganishi foydadan holi emas. Fikrimizning dalili sifatida Belgiyaning Gent universiteti «Gidravlika» kafedrasi olimlari tomonidan yaratilgan sun’iy inson yuragi modelidan sun’iy klapanlar sinovida keng foydalanayotganligini keltirish mumkin.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin