Texnika va tabiatda koʻp uchraydigan aralashmalar (suyuqlik, gaz va qattiq jism zarrachalari aralashmalari) gidravlikasi ayniqsa rivojlandi. Bu sohaga rus olimi F. I. Frankel va oʻzbek olimi X. A. Raxmatulinlar asos soldi. Koʻp fazali aralashmalar gidravlikasi sohasida Toshkent ilmiy maktabi bunyodga keldi. Oʻzbek olimi J. F. Fayzullayev quvurlarda harakatlanuvchi aralashmalar masalalari bilan shugʻullandi, aralashmalar harakatiga oid bir qancha masalalarni nazariy va amaliy jihatdan hal qiddi. Fanga Raxmatulin-Fayzullayev modeli tushunchasi kiritildi. Umuman suv mexanikasi masalalarini hal qilish bilan G.dan tashqari gidromexanika ham shugʻullanadi. Gidromexanika, asosan, qagiy matematik usullarga asoslangan boʻlib, aniq matematik yechim olish uchun oqim harakati va turini, hatto suyuqliklarning fizik xossalarini ham soddalashtirib qaraydi. G. nazariy mexanika qonunlariga va tajribadan olingan sodda formulalarga amal qilib, texnika masalalarini aniq hal qilishga intiladi.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Avtomobil servisi yo'nalishi K-105-21 guruh talabasi Oqilov Otabek