Gidravlika so‘zi grekcha “xyudor” va “aulos” so‘zlari birikmasidan olingan bo‘lib, “suv” va “quvur” degan ma’nolarni bildiradi. Suyuqlik va suyuqlik oqimi muammolarini o‘rganuvchi Gidravlika fani - fizika va nazariy mexanika qonunlariga asoslangan. Gidravlika fanida uchraydigan murakkab masalalarni hamma vaqt nazariya asosida yechib bo‘lmaydi. Nima uchun? Chunki, ro‘y berayotgan jarayonlarni matematik differentsial tenglamalar yordamida tavsiflash mumkinligini bilamiz. Bu fizik jarayon matematik differentsial tenglamalar yordamida yozilganda sistema tarkibidagi tenglamalar soni va ro‘y berayotgan gidravlik jarayonni to‘liq talqin qiluvchi bu tenglamaga kiruvchi noma’lum parametrlar orasida nomutanosiblik mavjud bo‘ladi, hamda bu nomutanosiblikni hozirgi tafakkurimiz doirasida faqat amaliy tajribalar natijasiga asoslanib, talqin qilish mumkin.

Shuning uchun gidravlikada amaliy tajribadan keng foydalaniladi, ya’ni ilmiy tajriba keng qo‘llaniladi. Gidravlikada amaliy tajriba yo‘li bilan birinchidan, nazariy formulalarga kiruvchi koeffitsientlar va tuzatishlar, ikkinchidan, tajribaga asoslangan yangi formulalar kashf etiladi. Nazariya bilan amaliy tajribaning o‘zaro aloqasi va ilmiytekshirish ishlarini keng tashkil etilishi Gidravlika fanini kelgusida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishida, xalq xo‘jaligida muhim masalalarni yechimini topishda amaliy imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, Gidravlika fanining predmetini aniqlab, unga qisqacha quyidagicha ta’rif berish mumkin: Gidravlika - tabiiy fanlardan biri bo‘lib, suyuqlikning nisbiy tinch holat va harakat qonuniyatlarini o‘rganadi va bu ~ 10 ~ qonuniyatlarni kishilar jamiyatining mehnat faoliyatida qo‘llash uchun uslublar yaratadi. Umuman, fan, o‘zining o‘rganilish jarayonida o‘ziga xos yo‘nalishlarga bo‘linadi.