Suyuqliklarga ta`sir etuvchi kuchlarni tahlil qilish
Gidrostatika — gidroaeromexanikaning suyuqlik muvozanatini va unga botirilgan jismga sokin suyuqlikning taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi. Asosiy masalalaridan biri suyuqlikda bosimning taqsimlanishi (tarqalishi)dir. Bosimning taqsimlanishini bilgan holda gidrostatika qonunlari asosida suyuqlikka botirilgan jismlarga, mas, suv osti kemasiga, toʻgʻon devoriga sokin suyuqlik tomonidan koʻrsatiladigan taʼsir kuchlarini hisoblash mumkin. Xususan, jismlarning suyuqlik sirtida va ichida suzish shartlarini, shuningdek suzayotgan jismlarning ustuvorlik shartlarini aniqlash lozim. Bu hol kemasozlikda muhimdir. Gidravlik press, gidravlik akkumulyator, suyuqlik manometri, sifon va b. mashinalar hamda asboblarning ishlashi gidrostatika qonunlariga, xususan Paskal qonuniga asoslanadi. Gidrostatikaning asosiy qonunlaridan biri — Arximed konuni boʻlib, u suyuqlik va gazga botirilgan jismga taʼsir qiluvchi itarish kuchlari kattaligini belgilab beradi.
Gidrostatika