Gidravlika va gidropnevmoyuritmalar fanining maqsadi va vazifalari mavzusidagi mustaqil ish taqdimoti

Yüklə 0,62 Mb.
səhifə5/7
tarix11.10.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#153606
1   2   3   4   5   6   7
Oqilov Otabek

Suyuqliklar tutash jismlar qatoriga kiradi va muvozanat hamda harakat hollarida doimo qattiq jismlar (suyuqlik solingan idish tubi va devorlari, quvur va kanallaming devorlari va boshqalar) bilan chegaralangan boiadi. Suyuqliklar gazlar (havo) bilan ham ma’lum chegara bo'yicha ajralishi mumkin. Bu chegara erkin sirt (svobodnaya poverxnost) deb ataladi.

Suyuqliklar siljituvqhi kuchlarga sezilarli darajada qarshilik ko‘rsatadi va bu qarshilik ichki kuchlar sifatida namoyon bo'ladi. Ularni aniqlash suyuqliklar harakatini tekshirishda muhim ahamiyatga egadir.

Suyuqliklarga ta’sir qiluvchi kuchlar

Suyuqliklarga ta’sir qiluvchi kuchlar qo‘yilish usuliga qarab ichki va tashqi kuchlarga ajraladi: ichki kuchlar - suyuqlik zarrachalarining o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladi; tashqi kuchlar - suyuqlikka boshqa jismlaming ta’sirini ifodalaydi (masalan, suyuqlik solingan idish devorlarining ta’siri, ochiq yuzaga ta’sir qilayotgan havo bosimi va h.k.). Ichki kuchlar siljituvchi kuchlarga qarshilik sifatida namoyon bo‘ladi va ichki ishqalanish kuchi deyiladi. Tashqi kuchlami yuza bo‘yicha va hajm bo'yicha ta’sir qiluvchi kuchlar sifatida ko‘rish mumkin. Shuning uchun suyuqliklarga ta’sir qiluvchi kuchlar yuza bo'yicha yoki hajm bo‘yicha ta’sir qilinishiga qarab yuzaki va massa kuchlarga bo‘linadi. Yuzaki kuchlar - qaralayotgan suyuqlik hajmining sirtlariga ta’sir qiluvchi kuchlardir. 

Ularga bosim kuchi, sirt taranglik kuchi, suyuqlik solingan idish devorining reaktsiya kuchlari, ichki ishqalanish kuchi kiradi. Ichki ishqalanish kuchlari suyuqlik harakat qilgan vaqtda yuzaga keladi va qovushoqlik xususiyatini yuzaga keltiradi (awalgi paragrafga qarang). Massa kuchlar - qaralayotgan suyuqlik hajmining har bir zarrasiga ta’sir qiladi va uning massasiga proportsional bo‘ladi. Ularga og'irlik va inertsiya kuchlari kiradi. 

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin