Javob: Bunday hol uchun kompressor talabga javob bermaydi.
4- masala
Ishlab chiqarishi 5.6m3/soat bo’lgan porshenli kompressorning quvvati aniqlansin (so’rish shartiga asosan). Kompressor CO2 gazini 20 dan 70 kgs/sm2 gacha siqadi (absolyut bosimda). Boshlang’ich temperatura 150 S. Kompressorning FIKi 0.65. Masalani analitik yo’l bilan hamda diagramma yordamida yechish tavsiya etiladi.
Javob: 4,6 kVt
5- masala
Yuqoridagi masala shartidan foydalanib kompressorning FIK hisoblansin. Bunda zararli hududni 6% va kengayish politropi m=1.2 deb qaralsin.
Javob: 0,89
6- masala
Etilenni siqayotgan bir pog’onali kompressor qanday bosimda FIK 0.02 bo’ladi. So’rish bosimi 1kgs/sm2. Zararli hududda gaz kengayishini adiabatik deb qaralsin. Zararli hududning hajmi porshen hajmiga nisbatan 7% deb olinsin.
Javob:
7-masala
Ventilyator oldidagi so’ruvchi quvurning siyraklashishi 15.8 mm.suv.ust. Ventilyatordan keyinda joylashgan haydovchi quvurning ortiqcha bosimi 20.7 mm.suv ust. Sarf o’lchagich 3700 m3/soatni ko’rsatmoqda. So’ruvchi va haydovchi quvur bir xil diametrga ega. 1minutda aylanishlar chastotasi 960 ga teng. Ventilyator quvvati 0.77 kVt. Ventilyatorning bosimi va FIK aniqlansin. Agar ventilyatorning aylanish chastotasini 1150 ayl/min ga oshirsak, uning ishlab chiqarishi va quvvati qanday bo’ladi.
Javob: ; ; ;
8-masala
SHesternali nasosning chastotasi 440 ayl/min bo’lsa, uzatish koeffitsiyenti aniqlansin. SHesterna tishlarining soni 12. Tish qalinligi 42 mm. SHesterna tishlarining qo’shni shesterna tishlari bilan kesishish kesimi 960 mm2. Nasos sarfi 0.312 m3/min.
Javob:
9- masala
Nasos 30 % li oltingugurt kislotani haydaydi. Haydovchi quvurning ko’rsatgichi 1.8 kgs/sm2 (0,18 MPa). Nasosdan oldingi so’ruvchi quvurning siyraklashishi 29 mm.sim.ust. Manometr vakuummetrdan 0.5 metr balandlikda o’rnatilgan. So’ruvchi va haydovchi quvurlarning diametri bir xil. Nasosning
qanday bosim hosil qilishi topilsin.
Dostları ilə paylaş: |