O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi Navoiy kon-metallurgiya kombinati Navoiy davlat konchilik instituti
Ro`yxatga olindi: “Tasdiqlayman” №_____________ O`quv ishlari bo`yicha prorektor
__________ N.A.Abduazizov
201__y. “_____”_________ “___” _________ 201__y.
«GIDRAVLIKA VA GIDROPNEVMO-YURITMALAR» fanidan
ISHCHI O`QUV DASTUR
Bakalavrlar uchun
Bilim sohasi: 300 000 – Ishlab chiqarish-texnik soha
Ta`lim sohasi: 310 000 – Injenerlik ishi
Ta`lim yo`nalishi: 5320300 – Texnologik mashinalar va jihozlar
Semestr
3
Jami
Umumiy soatlar
150
150
Ulardan:
Ma’ruza
30
30
Amaliy mashg’ulotlar
20
20
Tajriba ishlari
10
10
Mustaqil ishlar
90
90
Kurs loyihasi
-
-
NAVOIY-2021 y.
Fan/modulь kodi GGPYU2305
O‘quv yili 2021-2022
Semestr 3
ECTS - Kreditlar 5
Fan/modul turi Majburiy
Ta’lim tili O‘zbek/rus
Haftadagi dars soatlari 4
1.
Fanning nomi
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
Mustaqil ta’lim (soat)
Jami yuklama (soat)
Gidravlika va gidropnevmo-yuritmalar
60
90
150
2.
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga gidravlika fani bo‘yicha bilimlarning nazariy asoslarini, gidravlikaning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, gidravlik qonunlar va tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalalar, gidravlik hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fanning vazifasi – talabalarga gidravlik bilim asoslari, gidravlikaning tomchisimon suyuqliklarning siqilmaydigan muvozanat holati va harakat qonunlarini, gidromashinalarning tuzilishi chizmalari va ularda qatnashuvchi elementlarning tuzilishi, ishlashi va asosiy qonunlari, gidravlik jarayonlarning xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalanish, gidravlik hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usullarini qo‘llash, gidravlik muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qilishidan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) 2.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. Gidravlikaning o‘rganish sohasi va tarixi. Suyuliklar haqida tushuncha. Gidravlikaning o‘rganish sohasi. Gidravlikaning qisqacha tarixi. Suyuqliklar to‘g‘risida asosiy tushunchalar. Suyuqlikka ta’sir etuvchi kuchlar. Suyuqliklarning fizik xossalari. Suyuqliklarda ishqalanish uchun Nyuton qonuni, qovushoqlik. Suyuqlik to‘yingan bug‘ining bosimi. Gazlarning suyuqlikda erishi. Kavitatsiya hodisasi haqida tushuncha.
2-mavzu. Gidrostatika Suyuqlikka ta’sir etuvchi kuchlar. Suyuqliklar muvozanatining Eyler defferiansial tenglamasi. Bosimi teng sirtlar. Erkin sirt. Eyler tenglamasining integrallari. Suyuqlikning nisbiy muvozanati. Suyuqlik solingan idishning vertikal bo‘yicha o‘zgarmas tezlanishli harakati. Suyuqlik solingan idishning gorizontal bo‘yicha o‘zgarmas tezlanishli harakat. Suyuqlik solingan idishning o‘z o‘qi atrofida tekis aylanishi. Gidrostatikaning asosiy tenglamasi.