Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə43/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   176
9.1 Quvurlarni gidravlik hisoblash.

Quvurlarning geometrik o’lchamlari (diametri, uzunligi) ni ma’lum sarfga moslab hisoblash yoki berilgan bosimda o’lchamlari berilgan quvurlarning sarflarini hisoblash quvurlarni gidravlik hisoblash deyiladi.


Gidravlik hisoblash vaqtida quvurlarning uzunligi yoki hisoblashning gidravlik shartlariga qarab, ular ikki turga bo’linadi: uzun va qisqa quvurlar.
Uncha uzun bo’lmagan va mahalliy qarshiliklari sezilarli bo’lib, quvurning uzunligi bo’yicha qarshiligining kamida 5-10 % ni tashkil etadigan quvurlar qisqa quvurlar deb ataladi.
Bularga misol qilib nasoslarning so’rish quvurini, benzobakdagi karbyuratorga benzin o’tkazuvchi quvurni, avtotraktor va boshqa qurilmalar dvigatellarining moy o’tkazuvchi quvurlarining, gidrouzatmalaridagi tutashtiruvchi quvurlar va hokazolarni keltirishi mumkin.
Ancha uzoq masofaga cho’zilgan va gidravlik qarshiliklar majmuida asosiy qismni ishqalanish qarshiligi tashkil qilgan quvurlar uzun quvurlar deb ataladi.
Bunday quvurlarda mahalliy qarshiliklar aloxida hisoblanmaydi va ishqalanish qarshiligining 5-10% iga teng deb qabul qilinadi. Bularga vodoprovod quvurlari neft va gazlarning tarqatuvchi quvurlar va boshqalar misol bo’ladi.
Quvurlar ishlash sxemasiga qarab ikki turga bo’linadi: sodda quvurlar (9.1-rasm a, b); Murakkab quvurlar (9.1-rasm v, g). Sodda quvurlar hech qanday tarmoqlarga ega bo’lmagan quvurlardir. Murakab quvurlar esa bir necha tarmoqlarga ega bo’lgan quvurlardir.
Bundan tashqari, quvurlar, tupik yopiq quvurlarga ajraladi. Bir yo’nalishda suyuqlik oqadigan quvurlar tupik quvurlar deyiladi.
Suyuqlikni biror yerga ikki va undan ortiq yo’nalish bo’yicha berish mumkin bo’lgan quvurlar yopiq quvurlar deyiladi. Yopiq quvurlar ishonchli bo’lib, uning ayrim qismlari buzilib, ta’mir qilishdan oldin ham suv ta’minoti to’xtamaydi.




9.1-rasm.

Yuqorida aytilganlardan tashqari tranzit sarfli Quvurlar ham mavjud bo’lib, ularda suyuqlik yo’l bo’yicha o’zgarmay qolishi yoki tekis taqsimlanib borishi mumkin.



Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin