Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida


Gidromashinalarni mashinasozlikda tutgan o’rni



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə51/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   176
10.1.Gidromashinalarni mashinasozlikda tutgan o’rni.

Insoniyat tarixida suyuqlik harakatini mexanik harakatga aylantirib beruvchi birinchi qurilma charxpalak bo’lib, uning O’rta Osiyo, Xindiston, Xitoy va Misrda bundan uch ming yil avval sug’orish ishlarida, tegirmonlarda qo’llanilganligi ma’lum. Birinchi nasos porshenli nasos bo’lib, inson yoki hayvon kuchi bilan harakatga keltirilgan. Bu mashinalar Rossiyada qadimdan ma’lum edi. M.V. Lomonosov o’z asarlarida chuqur shaxtalardan suvni tortib olishda foydalanish maqsadida nasoslarni tuzilishi va konstruktsiyalarini keltirgan. U bir qancha qurilmalarni charxpalak yordamida harakatga keltirish usullari ustida ishladi amalda joriy etdi. XVIII–asr o’rtalarda gidravlik qurilmalardan foydalanuvchi zavodlar Uralning o’zida 150 dan ortiq edi. Polьzunov tomonidan kashf qilingan bug’ mashinasi porshenli nasoslarni harakatga keltirish uchun asos bo’ldi. L.Eyler o’zining mashhur parrakli gidromashinalar nazariyasini yaratdi va parrakli gidromashinalarning ishini xarakterlovchi muhim munosabatlarni oldi. Bu manosabatlar 1835 yil A.A Sablukov markazdan qochma nasosni kashf etgandan keyin, gidravlik turbinalar va markazdan qochma nasoslarni loyihalashda muhim o’rin tutdi. Gidromashinalar kabi gidrouzatmalarning ham ayrim qismlari qadim zamonlardan qo’llanib kelingan, lekin ularning hozirgi zamon tushunchasida qo’llanilishi yaqin vaqtlarda boshlandi. 1888 yil Rossiyada metallurgiya zavodi injenerlari gidrouzatmalardan foydalanganliklari ma’lum. 1907 yildan boshlab dengiz flotida (gidrotransformator va gidromuftalar) qo’llanila boshladi. Vatanimiz tog’ sanoatida 1950 yildan boshlab gidromashinalar va gidrouzatmalar sanoatda qo’llanishi juda tez taraqqiy qila boshladi.


Hozirgi kunda bu qurilmalardan paxta terish mashinalari, traktorlar, bulьdozerlar, turli avtomobillar va boshqa mexanizmlarda keng qo’llanilmokda.
Gidravlika va gidromashinalar taraqqiyotining istiqbollari yanada quvvatliroq va foydali ish koeffitsiyenti yuqorirok nasoslar, turbinalar va gidrouzatmalar yaratish va ularni amalda joriy etish bilan bog’liq bo’ladi.



Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin