NAZORAT SAVOLLARI:
Quvurlarni gidravlik hisoblash deganda nimani tushunasiz?
Uzun Quvurlar va qisqa Quvurlarni tushuntiring.
Sodda va murakkab Quvurlarni tushuntiring.
Sodda Quvurlarni hisoblashni ng asosiy tenglamasini keltiring.
Quvurlarni ketma-ket ulaganda uni hisoblashni tushuntiring.
Quvurlarni parallelь ulaganda ularni hisoblashni tushuntiring.
Gidravlik zarba hodisasini tushuntiring.
8) To’g’ri zarba uchun N.E. Jukovskiy formulasini keltiring.
9) Teskari gidravlik zarba haqida tushuncha bering.
10)Gidravlik zarbani susaytishish usullarini tushuntiring.
11)Gidravlik zarbadan amalda foydalanishga misollar keltiring.
TAYANCH IBORALAR:
Bosim, bosimi, bosimni o’zgarishi, bosimning pasayishi, geometrik o’lchamlari, gidravlik shartlar, gidravlik zarba, gidravlik zarbaning fazasi, gidravlik taran, gidravlik hisoblash, deformatsiya ishi, deformatsiyalanuvchi quvur, diametri, drosselli rele, Jukovskiy, jo’mrak, zarba bosimi, zarba to’lqini, ishqalanish qarshiligi, kvadrat qarshilik sohasi, ketma-ket, kinetik energiya, qisqa quvur, klapanli susaytirgich, laminar soha, manfiy zarba to’lqini, materialni elastiklik moduli, mahalliy qarshilik, murakkab quvurlar, oqimni boshqaruvchi qurilma, parallel, Puazeyl formulasi, prujinali klapanlar, sarf, siqiluvchi suyuqlik, sodda quvur, so’ndirgich, suyuqlik zarrachasi, suyuqlikda to’lqin tarqalishi tezligi, suyuqlikni tezligi, suyuqlikni elastiklik moduli, suyuqlikning zichligi, ta’minlovchi idish, tez yopilishi, tez ochilishi, tezligi, tezlik, tezlikni so’nishi, teskari gidravlik zarba, teskari yo’nalish, quvur qalinligi, quvur radiusi, quvurning qarshiligi, quvurning xarakteristikasi, to’g’ri gidravlik zarba, uzun quvur, uzunligi, chala gidravlik zarba, elastik.
10-MAVZU: GIDROMASHINALAR_HAQIDA_UMUMIY_TUSHUNCHALAR.'>GIDROMASHINALAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR.
REJA:
10.1.Gidromashinalarni mashinasozlikda tutgan o’rni.
Gidromashinalarning turlari.
Dinamik va hajmiy nasoslarning ishlash printsiplari.
Nasoslarning asosiy ko’rsatkichlari.
Markazdan qochma nasoslar.
Nasos va turbinalar uchun Eyler tenglamasi.
Nasosning nazariy bosimi.
Markazdan qochma nasoslar xarakteristikalari.
GIDROMASHINALAR
Hozirgi zamon sug’orish sistemasini qishloq xo’jaligi sanoatini va texnikaning bir qancha sohalarini nasoslar, kompressorlar, gidrouzatmalar va boshqa gidromashinalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Gidromashinalar–mexanik harakatni suyuqlikning harakatiga yoki suyuqlikning harakatini mexanik harakatga aylantirib beruvchi qurilmadir. Gidromashinalarning yuritmalar deb ataluvchi turlarida esa mexanik harakat avval suyuqlikning harakatiga aylantirilib, so’ngra yana mexanik harakatga aylantiriladi.
Gidromashinalarda harakatlanuvchi turli ish qismlari yordamida suyuqliklarga energiya beriladi va bu energiyadan turli maqsadlarda foydalaniladi yoki suyuqlik energiyasi boshqa mexanizmlarning ish qismlarini harakatga keltiradi.
Dostları ilə paylaş: |